https://oz.sputniknews.uz/20210711/toshkent-pokiston-bosh-vazirining-tashrifiga-tayyorgarlik-kormoqda-19627349.html
Toshkent Pokiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Toshkent Pokiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida O‘zbekistonga keladi. 11.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-11T09:42+0500
2021-07-11T09:42+0500
2021-07-11T09:43+0500
siyosat
pokiston
toshkent
sardor umurzakov
imron xon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0b/19627503_0:158:1280:878_1920x0_80_0_0_e458dc831ed228f59a66a9d1fc156fc1.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov Pokiston bosh vaziri Imron Xonning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan videokonferensiya shaklida yig‘ilish o‘tkazdi.Ta’kidlanishicha, oliy darajadagi tashrif arafasida qator ikki tomonlama iqtisodiy tadbirlar, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, O‘zbekiston˗Pokiston biznes forumi va O‘zbekiston-Pokiston Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.Rahbariyat tomonidan investitsiya, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqishni nazarda tutib, rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish va ularning samaradorligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.Qayd etilishicha, biznes-forumda Pokiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, jumladan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot-kommunikatsiya sektori, logistika, qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda investitsiya va savdo kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Pokistonning yirik banklari ham qatnashishi kutilmoqda.Mamlakat vazirliklari, idoralari, sanoat birlashmalari va hududlari rahbarlari oldiga Pokiston kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va aniq investitsiya loyihalari va qat’iy savdo bitimlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish va pokistonlik salohiyatli hamkorlar bilan tegishli kelishuvlarga erishishda ularga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.Tijorat banklari rahbarlariga hamkorlikka oid aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida pokistonlik hamkasblari bilan bevosita o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ishga solish topshirig‘i berildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210618/kamilov-pokiston-tashqi-ishlar-vaziri-bilan-uchrashdi-19309946.html
https://oz.sputniknews.uz/20210415/ozbekiston-va-pokiston-transport-logistika-sohasida-hamkorlikni-chuqurlashtiradi--18342550.html
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0b/19627503_0:38:1280:998_1920x0_80_0_0_193854d3ed12435d010bcf4f7855a908.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, pokiston, toshkent, sardor umurzakov, imron xon
siyosat, pokiston, toshkent, sardor umurzakov, imron xon
Toshkent Pokiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
09:42 11.07.2021 (yangilandi: 09:43 11.07.2021) Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov Pokiston bosh vaziri Imron Xonning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan videokonferensiya shaklida yig‘ilish
o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, oliy darajadagi tashrif arafasida qator ikki tomonlama iqtisodiy tadbirlar, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, O‘zbekiston˗Pokiston biznes forumi va O‘zbekiston-Pokiston Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Rahbariyat tomonidan investitsiya, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqishni nazarda tutib, rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish va ularning samaradorligini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, biznes-forumda Pokiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, jumladan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot-kommunikatsiya sektori, logistika, qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda investitsiya va savdo kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Pokistonning yirik banklari ham qatnashishi kutilmoqda.
Mamlakat vazirliklari, idoralari, sanoat birlashmalari va hududlari rahbarlari oldiga Pokiston kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va aniq investitsiya loyihalari va qat’iy savdo bitimlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish va pokistonlik salohiyatli hamkorlar bilan tegishli kelishuvlarga erishishda ularga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tijorat banklari rahbarlariga hamkorlikka oid aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida pokistonlik hamkasblari bilan bevosita o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ishga solish topshirig‘i berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.