O‘zbekistondan AQShga it olib kelish taqiqlandi

Obuna bo‘lish
Ro‘yxatdan O‘zbekiston bilan bir qatorda dunyoning yana 112 mamlakati o‘rin olgan
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. AQShda 113 mamlakatdan, jumladan, O‘zbekistondan itlarni olib kirishga oid vaqtinchalik taqiq kuchga kirdi. Bu haqda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi (CDC) saytida xabar qilindi.
Ro‘yxatdan O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Xitoy, Moldova,Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining o‘nlab mamlakatlari va boshqalar o‘rin olgan.
Ta’kidlanishicha, yangi cheklovlar Amerikada quturish kasalligi tarqalishi xavfi bilan bog‘liq.
Sobaka v kletke na odnom iz rinkov Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2020
Toshkent aholisi it-qassobi ustidan shikoyat qilishdi - "Mehr va oqibat" jamiyati
CDC ma’lumotlariga ko‘ra, taqiqqa tushgan mamlakatlar hissasiga Amerikaga import qilinayotgan itlarning qariyb 6 foizi to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga yangi qoidalarda istisnolar mavjud: juda zarur holatlarda jonivor egalariga uni olib o‘tishga ruxsat berishlari mumkin. Ruxsat beruvchi hujjat CDC tomonidan beriladi.
Buning uchun AQShga kirishdan avval olti oy ilgari maxsus arizani rasmiylashtirish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0