Rossiya

Moskvadagi migrantlarning ommaviy mushtlashuvi tafsilotlari maʼlum qilindi

© Sputnik / Anna Solovyeva / Mediabankka oʻtishDraka
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, 102 nafar migrant qoʻlga olingan.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Moskvada “Kuzminki” metro bekati oldidagi ommaviy mushtlashuvda 200 nafarga yaqin Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmanistondan boʻlgan fuqarolar qatnashgan. Bu Kuzminki sudi qarorida aytilgan, deb yozadi RIA Novosti.
Voqea 12 iyul kuni tunda sodir boʻlgan edi. Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, 102 nafar migrant qoʻlga olingan va ularni Rossiyadan chiqarib yuborish rejalashtirilmoqda.
Ommaviy mushtlashuv vaqtida migrantlar koʻchaga yugurib chiqib, avtomobil va yoʻlovchilar harakatiga xalaqit berishgan.
Zdaniye konsulstva Uzbekistana v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Migratsiya
Tashqi migratsiya agentligi Moskvada yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi
Kuni kecha sud mushtlashuvning birinchi olti nafar qatnashchisini kelishilmagan mitingda ishtirok etganlik uchun 15 sutkaga qamagan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda mamlakat fuqarolari ishtirok etmagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0