Tashqi migratsiya agentligi Moskvada yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi

© SputnikZdanie konsulstva Uzbekistana v Moskve
Zdanie konsulstva Uzbekistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv aks etgan videolar tarqalmoqda.
Massovaya draka na Xovanskom kladbishe v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Moskvada migrantlar yana ommaviy mushtlashdi
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari respublikaning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda voqea joyiga borib, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Moskvada “Kuzminki” metro bekati yaqinida migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Hodisa Zelenodolskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mushtlashuvda 200 nafargacha migrant ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0