https://oz.sputniknews.uz/20210713/moskvadagi-ommaviy-mushtlashuvda-ishtirok-etgan-migrantlar-deport-qilinadi-19664295.html
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar “deport” qilinadi
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar “deport” qilinadi
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi. 13.07.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-07-13T18:13+0500
2021-07-13T18:13+0500
2021-07-13T18:13+0500
hodisalar
moskva
ommaviy mushtlashuv
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/279/45/2794565_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_d695202c0c665b7e5fbe150fd044ad1b.jpg
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar sud qaroriga koʻra mamlakatdan chiqarib yuboriladi.RF Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi "Kuzminki" metro stantsiyasi yaqinida yuz bergan mushtlashuvdan soʻng 103 kishi politsiyaga olib kelinganligini tasdiqladi.Migrantlar jarimaga tortiladi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ayrim esa Rossiyaga kirishga taqiq qoʻyiladi.Bugun kechasi “Kuzminki” metro stantsiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, taxminlarga koʻra unda 200-400 nafar kishi qatnashgan.Ayrimlari jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.Ularning barchasi mayda bezorilikda va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillariga boʻysunmaslikda ayblanmoqda. Buning uchun 2,5 ming rublgacha jarima yoki 15 sutka “qamoq” berilishi mumkin.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20210713/tashqi-migratsiyasi-agentligi-moskvada-yuz-bergan-ommaviy-mushtlashuv-yuzasidan-bayonot-berdi-19662843.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/279/45/2794565_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_7bc7bc7375036ace330f9e1b2e68ddc5.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
moskva, ommaviy mushtlashuv
moskva, ommaviy mushtlashuv
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar “deport” qilinadi
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar sud qaroriga koʻra mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
RF Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi "Kuzminki" metro stantsiyasi yaqinida yuz bergan mushtlashuvdan soʻng 103 kishi politsiyaga olib kelinganligini tasdiqladi.
Migrantlar jarimaga tortiladi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ayrim esa Rossiyaga kirishga taqiq qoʻyiladi.
Bugun kechasi “Kuzminki” metro stantsiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, taxminlarga koʻra unda 200-400 nafar kishi qatnashgan.
Ayrimlari jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Ularning barchasi mayda bezorilikda va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillariga boʻysunmaslikda ayblanmoqda. Buning uchun 2,5 ming rublgacha jarima yoki 15 sutka “qamoq” berilishi mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.