https://oz.sputniknews.uz/20210703/ozbekiston-vaktsinalar-qanday-narxda-sotib-olmoqda-19526033.html
O‘zbekiston vaksinalarni qanday narxda sotib olmoqda
O‘zbekiston vaksinalarni qanday narxda sotib olmoqda
Sputnik O‘zbekiston
SSV O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalarning narxi va koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi. 03.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-03T14:57+0500
2021-07-03T14:57+0500
2021-07-03T15:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
emlash
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18337615_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_efa383fc9be2248485e267b47212966f.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalarning narxi va koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolanayotgan o‘rta og‘ir ahvoldagi bemorni davolash uchun davlat budjetidan 35 mln mablag‘ ishlatiladi. Reanimatsiyada davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemor uchun esa 60 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanadi.“Bugungi kunda foydalanilayotgan vaksinalar 10 dollardan 60 dollargacha narxlarda sotib olingani e’tiborga olinsa, iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qaralsa davlatga aholini emlash arzon va xavfsiz hisoblanadi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, emlanmaslikdan nafaqat o‘zimizga, balki davlatga, xalqqa, iqtisodiyotga ham zarar yetkaziladi”, - dedi Yusupaliyev.Koronavirusga qarshi vaksina virusli kasalliklarning barchasiga qarshi antitanachalar hosil qiladi.“2020 yilning oxirida ijtimoiy soha vakillari: o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlarini grippga qarshi vaksina bilan emlagan edik. 1 mln 200 ming vaksina olindi. Kuzatuvlarimiz shuni isbotladiki, emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar kam bo‘ldi va yuqtirganlarda ham kasallik yengil o‘tdi. Bugungi koronavirusga qarshi ishlatilayotgan vaksinalar virusga qarshi ishlaydi: uning oldini oladi va yengil o‘tishini ta’minlaydi”, - dedi SSV vakili.Ta’kidlanishicha, agar inson organizmida antitanachalar mavjud bo‘lsa ham vaqt o‘tishi bilan antitanachalar miqdori pasayishi mumkin, shuning uchun emlanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210703/ozodbek-nazarbekov-jonli-efirda-uzatilayotgan-korsatuvda-emlandi-19525884.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18337615_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9c531721b65915d25389f3edb701c01d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, emlash, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
jamiyat, o‘zbekiston, emlash, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sputnik v vaksinasi
O‘zbekiston vaksinalarni qanday narxda sotib olmoqda
14:57 03.07.2021 (yangilandi: 15:33 03.07.2021) SSV O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalarning narxi va koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalarning narxi va koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga sarflanayotgan mablag‘lar haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zangiotadagi maxsus shifoxonada davolanayotgan o‘rta og‘ir ahvoldagi bemorni davolash uchun davlat budjetidan 35 mln mablag‘ ishlatiladi. Reanimatsiyada davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemor uchun esa 60 mln so‘mgacha mablag‘ sarflanadi.
“Bugungi kunda foydalanilayotgan vaksinalar 10 dollardan 60 dollargacha narxlarda sotib olingani e’tiborga olinsa, iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qaralsa davlatga aholini emlash arzon va xavfsiz hisoblanadi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, emlanmaslikdan nafaqat o‘zimizga, balki davlatga, xalqqa, iqtisodiyotga ham zarar yetkaziladi”, - dedi Yusupaliyev.
Koronavirusga qarshi vaksina virusli kasalliklarning barchasiga qarshi antitanachalar hosil qiladi.
“2020 yilning oxirida ijtimoiy soha vakillari: o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlarini grippga qarshi vaksina bilan emlagan edik. 1 mln 200 ming vaksina olindi. Kuzatuvlarimiz shuni isbotladiki, emlanganlar orasida koronavirusga chalinganlar kam bo‘ldi va yuqtirganlarda ham kasallik yengil o‘tdi. Bugungi koronavirusga qarshi ishlatilayotgan vaksinalar virusga qarshi ishlaydi: uning oldini oladi va yengil o‘tishini ta’minlaydi”, - dedi SSV vakili.
Ta’kidlanishicha, agar inson organizmida antitanachalar mavjud bo‘lsa ham vaqt o‘tishi bilan antitanachalar miqdori pasayishi mumkin, shuning uchun emlanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.