AQSh toliblarning Afg‘onistondagi hujumlaridan tashvish bildirdi

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda zo‘ravonlik juda yuqori darajada qolmoqda, deb bayonot bermoqda Pentagon
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. AQSh Afg‘onistondagi zo‘ravonlik tobora kuchayib borayotganini kuzatib bormoqda, dedi Fox News telekanaliga bergan intervyusida Pentagon matbuot-kotibi Jon Kirbi.
"Biz (AQSh - tah.) xavfsizlik sohasidagi vaziyat yomonlashayotgani, zo‘ravonlik darajasi ortayotgani va Afg‘onistonda "Tolibon" (Rossiyada taqiqlangan radikal harakat) hujumlarini chuqur tashvish bilan kuzatmoqdamiz", - dedi u.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi zo‘ravonlik juda yuqori darajada.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak –Asadov
U shuningdek, AQSh hukumati afg‘onistonlik sheriklar bilan ishlayotganini, ularni "mavjud imkoniyatlardan foydalanishga undayotganini" qayd etdi.
Ayni vaqtda Afg‘onistonda hukumat kuchlari va qishloq hududlarda aksariyat tumanlarni egallab olib, katta shaharlarga hujumga o‘tgan toliblar o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda.
Vaziyat amerika qo‘shinlari chiqarilishi fonida yanada avj oldi. Vashington 11-sentabrga qadar qadar o‘z kontingentini to‘liq chiqarish va’dasini bergan.
To‘rtta chegara hududlarida bir necha haftadirki hukumat va toliblar o‘rtasida ayovsiz janglar kechmoqda.
Jangarilar Badaxshon provinsiyasining 28ta tumanlaridan 18tasini egallab olgan. May oyidan buyon umumiy hisobda ular 150dan ortiq tumanlarda nazorat o‘rnatishdi.
Yangiliklar lentasi
0