https://oz.sputniknews.uz/20210710/prezident-paralimpiyachilar-va-qiz-sportchilar-sonini-oshirishni-topshirdi--19622096.html
Prezident paralimpiyachilar va qiz sportchilar sonini oshirishni topshirdi
Prezident paralimpiyachilar va qiz sportchilar sonini oshirishni topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat MIrziyoyev sport maktablari va Olimpiya zahiralari kollejlarida mavjud muammolarni tahlil qilib, ularni hal qilishvazifasini qo‘ydi. 10.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-10T10:03+0500
2021-07-10T10:03+0500
2023-04-05T15:48+0500
jismoniy tarbiya va sport vazirligi
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida
shavkat mirziyoyev
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/19/19408262_0:108:1280:829_1920x0_80_0_0_bdef4df8223d4c3e695952d13e55a3b2.jpg
TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdi Olimpiya zahiralarini tayyorlash masalalari bilan tanishib chiqdi. Prezident, xususan, 2024-yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.Undan tashqari Respublikadagi sport muassasalarining Paralimpiya bo‘limlariga 10 %gacha qo‘shimcha kvota ajratilishi hamda ota-onalar tomonidan to‘lov tartibi bekor qilinishi belgilandi.Shu bilan birga O‘zbekiston Olimpiya zahiralari va boshqa sport maktablarida mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Ular orasida malakali o‘qituvchilar yetishmasligi, murabbiylar malakasini oshirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, sport ta’limi muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar va sport adabiyotlari bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi. Undan tashqari sportchilarning jismoniy, tibbiy va ruhiy holatini hamda farmakologik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15 ta olimpiya zaxiralari kolleji, 344 ta sport maktabi va 7 ta oliy sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 380 ming nafar yoshlar 100 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.So‘nggi uch yilda Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari xalqaro musobaqalarda 723 ta, respublika turnirlarida 10 mingdan ziyod medallarni qo‘lga kiritgan. Qariyb 4 ming 500 nafar o‘quvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalariga qabul qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210701/tokio-olimpiadasida-ishtirok-etish-huquqini-qolga-kiritgan-sportchilar-soni-67taga-etdi-19504627.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/19/19408262_77:0:1213:852_1920x0_80_0_0_2d90964833f5628704b5b615877b1edf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jismoniy tarbiya va sport vazirligi , o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida, shavkat mirziyoyev, sport
jismoniy tarbiya va sport vazirligi , o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida, shavkat mirziyoyev, sport
Prezident paralimpiyachilar va qiz sportchilar sonini oshirishni topshirdi
10:03 10.07.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) Shavkat MIrziyoyev sport maktablari va Olimpiya zahiralari kollejlarida mavjud muammolarni tahlil qilib, ularni hal qilishvazifasini qo‘ydi.
TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdi Olimpiya zahiralarini tayyorlash masalalari bilan
tanishib chiqdi.
Prezident, xususan, 2024-yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sportchilari orasida, qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir talablarini qondirish vazifasi qo‘yildi.
Undan tashqari Respublikadagi sport muassasalarining Paralimpiya bo‘limlariga 10 %gacha qo‘shimcha kvota ajratilishi hamda ota-onalar tomonidan to‘lov tartibi bekor qilinishi belgilandi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Olimpiya zahiralari va boshqa sport maktablarida mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Ular orasida malakali o‘qituvchilar yetishmasligi, murabbiylar malakasini oshirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, sport ta’limi muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar va sport adabiyotlari bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Undan tashqari sportchilarning jismoniy, tibbiy va ruhiy holatini hamda farmakologik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15 ta olimpiya zaxiralari kolleji, 344 ta sport maktabi va 7 ta oliy sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 380 ming nafar yoshlar 100 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
So‘nggi uch yilda Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari xalqaro musobaqalarda 723 ta, respublika turnirlarida 10 mingdan ziyod medallarni qo‘lga kiritgan. Qariyb 4 ming 500 nafar o‘quvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalariga qabul qilingan.