Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan sportchilar soni 67taga yetdi

© REUTERS / Kim Kyung-Hoon/PoolTalisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio
Talisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
Tokio Olimpiadasida O‘zbekistondan jami 38 nafar erkaklar va 29 nafar ayol sportchilar ishtirok etadi.
TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekistonlik sportchilar soni 67 kishiga yetdi. Bu haqida Futbolium kanali xabar qilmoqda.
Bugungi kunga qadar o‘zbekistonlik sportchilar 62ta litsenziya qo‘lga kiritishgan. Ushbu litsenziyalar jami 67 nafar sportchiga ishtirok etish huquqini beradi.
Boks - 11ta: erkaklar 8ta, ayollar 3ta;
Dzudo – 11ta: erkaklar 7ta, ayollar 3ta;
Kurash – 8ta: erkaklar 8ta;
Yengil atletika - 7ta: ayollar 5ta, erkaklar 2ta;
Taekvondo - 4ta: ayollar 2ta, erkakrlar 2ta;
Og‘ir atletika – 4ta: ayollar 2ta, erkakrlar 2ta;
Qilichbozlik – 3ta: ayollar 2ta, erkakrlar 1ta;
Velosport – 2ta: ayollar 1ta, erkakrlar 1ta;
Sport gimnastikasi - 2ta: ayollar 2ta;
Badiiy gimnastika - 2ta: ayollar 6ta;
Zamonaviy beshkurash – 2ta: ayollar 1ta, erkakrlar 1ta;
Akademik eshkak eshish – 1ta: erkakrlar 2ta;
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 1ta: ayollar 2ta;
Suzish – 2ta: erkakrlar 2ta;
Tennis – 1ta: erkaklar 1ta;
O‘q otish– 1ta: ayollar 1ta;
Shunday qilib iyul avgust oylarida bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasida O‘zbekistondan jami 38 nafar erkaklar va 29 nafar ayollar ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0