"Gazprom" Yevropani to‘lashga majbur qilish yo‘lini topdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishViveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) "Gazprom"
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Obuna bo‘lish
AQSh suyultirilgan gaz solingan tankerlarini Xitoyga yo‘naltirganda, Rossiya barcha quvurlarda yoppasiga ta’mirlash ishlari o‘tkazishni boshladi.
TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Yaqinda Rossiyaning gaz monopoliyachisi “Gazprom”, g‘arbiy pressa nazarida, yana bir mantiqqa zid ish qildi.
Ixtisoslashgan OAVlar xabariga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi Ukraina gaz tranzit quvvatlarini zahira qilishdan voz kechgan. Ma’lumki 2019-yilda imzolangan, Kiyev mag‘rurlanishiga sabab bo‘lgan, shartnomaga ko‘ra, Rossiya Ukraina gaz quvurlaridan foydalanishi shart, aks holda jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Xo‘sh, jarima to‘lashini bila turib Gazprom nega bunday qildi?
Lekin "Gazprom", o‘z ana’analariga sodiq qolgan holda bu borada lom-mim demadi.
Rossiya gaz gigantining harakatlari faqat yuzaki qarashdagina g‘alati tuyulishi mumkin, atrofda sodir bo‘layotgan hodisalarni, energiya manbaalari birjasi kotirovkalarini hisobga olib, vaziyatga chuqurroq nazar solganda esa – qiziqarli manzara paydo bo‘ladi. Unda Rossiyada nafaqat mantiq, balkim aniq hisob-kitob va qandaydir ma’noda oldindan ko‘rish qobiliyati ham borligi ma’lum bo‘ldi.
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi so‘nggi jang boshlandi
Xorijiy hamkorlar “Gazprom”ni Putinning G‘arb yakdilligini parchalash quroli sifatida tasvirlashni yaxshi ko‘radi. Ularning tasavvuriga ko‘ra, go‘yo Moskva o‘z yonilg‘isini majburlab sotayotgandek.
Lekin Gazporm yillar davomida shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarib kelayotgani, aynan Rossiya gazi Yevropani bir necha bor kutilmagan keskin sovuqlardan yoki qattiq issiqdan saqlab qolgani yech kimning esiga kelmaydi. Albatta, bu yerda gap tekin xizmat emas, faqat biznes haqida ketmoqda.
Gazpromning bugun amalga oshirayotgan har qanday harakatlarini tahlil qilishda, kompaniya “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkarishi kerakligini unutmaslik kerak. “B” quvuri allaqachon yoiqizilgan, ehtiyotkorna prognozlarga ko‘ra “Fortuna” avgust oyining oxirida birinchi magistralni Grayfsvaldgacha tortib keladi.
Gaz quvuri qurilishi bu faqat quvurlarni tutashtirish degani emas. Shu bilan birga turli siyosiy manipulyatorlar qo‘lidan kuzirlarni ham “urib tushirish” kerak. Shundagina ular Rossiya bilan hamkorlik qilish - yagona to‘g‘ri yo‘l ekanini tushunishadi. Ana shularni nazarda tutgan holda, endi dastlabki yangilikka yana bir bor qaytaylik.
“Gazprom” Ukrainaning tranzit quvurlarini zahira qilishdan voz kechdi. Bu degani Rossiya gazini Yevropa bozoriga yetkazib berish iyul oyida 2 milliard metr kubga kamayadi degani. Yoz issiq kelgani tufayli yevropalik operatorlar yer osti gaz saqlash omborlaridan 66 mlrd. Metr kub gaz chiqariyu olishgan va uning o‘rniga 13 mlrd. Metr kub gaz quyishgan.
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Hammasi Moskvaning “o‘zini tutishiga” bog‘liq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatadimi?
Bu bilan Rossiya Yevropaga jo‘natayotgan gaz hajmini qisqartirmoqda. Amerikaning suyultirilgan gazi esa to‘la to‘kis – Osiyo Tinch okeani hududiga yo‘naltirilmoqda. Chunki u yerda gaz narxi Yevropaga nisbatan 2 baravar qimmat. Bu yerad hech qanday siyosat yo‘q, faqat erkin savdo...
Natijada, Yevropaning asosiy gaz xabi bo‘lgan TTFda 1000 metr kub gaz narxi o‘tgan haftada rekord darajaga – 460 AQSh dollariga yetdi. Bu qishga qaraganda 2 baravar qimmat.
Eslatib o‘tamiz, Gazprom uchun gaz narxining rentabellik darajasi - 180 dollarni tashkil qiladi. Ya’ni kompaniya nafaqat rejalashtirilmagan daromad oladi, balkim “Ukraina forntida” keltirilgan yo‘qotishlarni ham to‘ldirib oladi.
Aytish joizki, havo harorati qanday bo‘lishini hech kim oldindan bilmagan bo‘lsa ham, gaz narxi oshishi kutilgan edi, bunchalik baland bo‘lmasa ham.
Gazprom yil boshidanyoq o‘zining barcha xorijiy hamkorlarini may-iyul oylarida barcha asosiy gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi haqida ogohlantirgan edi.
May oyida gaz narxlari oshishni boshlaganda “Moviy oqim” ikki haftaga to‘xtatilgan edi. Iyunda bir haftaga “Turk oqimi” to‘xtatildi. Shundan so‘ng Turkiya gaz so‘rib olish hajmini keskin oshirib, birjada narxlar o‘sishiga sabab bo‘lgan edi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SShA sanksiyami v otvet na popitku ostanovit Severniy potok - 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Ukrainaning "Operatora GTSU" - operatorlar birlashmasi rahbari Sergey Makogon Financial Timesga bergan intervyusida Yevropadan “Moskva ushbu muammoni sun’iy ravishda yaratganini va ularning shantajiga berilmaslikni” tavsiya qilgan edi.
Makogon o‘zgalarga “qimmatli” mashatlar berayotgan bir vaqtda Ukrainada sanoat korxonalari to‘xtab qolgani sababli gaz iste’moli to‘xtovsiz kamayib bormoqda. Yevropalik iste’molchilar uchun esa, darhaqiqat, chuqur o‘ylab ko‘rish vaqti keldi.
Chunki bugun, 6-iyuldan boshlab, "Yamal — Yevropa" gaz quvuri vaqtincha to‘xtatiladi. Oldin u Ukraina gaz transport tizimi kabi, qo‘shimcha quvur sifatida foydalanilgan edi. Lekin 13-iyuldan boshlab “Shimoliy oqim-1” gaz quvuri 10 kunga to‘xtatiladi. Ishga tushganidan boshlab shu kunga qadar u maksimal yuklama bilan ishlatib kelinayotgan edi.
Yuqoridagi faktlarning barchasi birgalikda Yevropa bozorida Rossiya gazining narxi oshishiga olib kelganini anglash uchun tahlilchi bo‘lishi kerak emas. Gazprom tomonidan olinayotgan qo‘shimcha daromadlar hisobidan Rossiya budjeti to‘ldirilishi – kompaniya tomonidan “o‘jarlik” bilan hal qilinayotgan vazifalardan biridir xolos.
Bugun Amerika suyultirilgan gazi Yevropaga bormasligi kundek ravshan bo‘lgan. Chunki Xitoyda uning uchun 1000 dollar taklif qilishmoqda. Yaqin Sharqning suyultirilgan gaz solingan tankerlari ham o‘sha tomonga yo‘l olgan.
Quvurli gaz esa – faqat Yevropaniki, u yo‘nalishini o‘zgartirib Xitoyga jo‘nab keta olmaydi. Uni olish uchun Gazprom bilan shartnoma imzolab, keyin xotirjam uxlayversa bo‘ladi. Atrofda hatto pandemiya va anomal issiq ob-havo bo‘lsa ham. (Issiq havoda konditsionerlar ortiqcha ishlashi tufayli IESlar normadan ziyod gaz yoqadi)
Rossiya tomonidan javob sifatida qo‘llanilgan assimetrik “dzudo” uslubi yanada to‘liq namoyish qilish uchun yana bir faktni keltiramiz. Yevropa komissiyasi tomonidan qabul qilingan “Uchinchi energopaketga” ko‘ra, gaz quvuri hududidan o‘tgan davlat uning 50%dan ortiq quvvatini band qila olmaydi. Siyosatchilar aytishiga ko‘ra, go‘yoki shunday yo‘l bilan YeI monopoliyaga va Rossiya bosimiga qarshi kurashadi.
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2020
“Shimoliy oqim-2” o‘z marrasiga yaqin qoldi
Lekin “Fortuna” quvur yotqizish kemasi Germaniyaga yetib kelganidan so‘ng gazni nafaqat yoqish balkim qo‘shni davlatlarga sotishni rejalashtirgan davlatlar kayfiyati ancha o‘zgaradi, deb o‘ylaymiz.
Uchinchi energopaket qabul qilinganida Germaniya, Fransiya va Avstriya unga qarshi chiqishgan edi. Chunki Shimoliy oqim – 2 ishga tushganidan so‘ng Germaniya va Avstriya yirik gaz xabiga aylanishi va nafaqat gaz tranzitidan daromad olishi balkim Yevropa ichki bozorida salmog‘i ortishi kutilayotgan edi. Fransiya bo‘lsa, imtiyozli shartlarda gaz olishdan umid qilmoqda.
Biz oldindan g‘alabani nishonlash tarafdori emasmiz, lekin ShO-2 ish boshlaganidan so‘ng rasmiy Berlin uzoq vaqt davomida o‘zini o‘zi cheklab qo‘yish ehtimoli juda kam.
Gazpromning harakatlarini yuzaki tahlil qilayotganlar mayli kulaversin, aqlli odamlar diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Ayniqsa “Gazprom” harakatlarini.
Yangiliklar lentasi
0