Rossiya IIV migratsiya islohotiga doir qonun loyihasini tayyorladi

© Vitaliy BelousovMigranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TS "Sadovod" v Moskve
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi migratsiya islohotiga doir qonun loyihasi tayyorladi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi migratsiya islohotiga doir qonun loyihasi tayyorladi.
▪️ mehnat migrantlari, ularni yollagan ish beruvchilar va noinsof ishga taklif etuvchi shaxslarning reyestrlari tuziladi.
▪️ mehnat migrantlari ham yuridik, ham jismoniy shaxslar (NDFL to‘lagan holda) ishlashi, shuningdek o‘zini o‘zi band qilgan yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik qilishi mumkin.
Vid na jitelstvo inostrannogo grajdanina v otdelenii po voprosam grajdanstva RF, razresheniy na vremennoe projivanie i vida na jitelstvo otdela UFMS Rossii po gorodu Moskve v YuAO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin
▪️ hozirgi “deportatsiya” o‘rniga yagona "chiqarib yuborish" (visilka) tushunchasi kiritiladi, migrantlarni sud yoki (ayrim hollarda) tegishli idora chiqarib yuboriladi.
▪️ Mehnat migrantlaridan "qonunlarga rioya qilish bitimi"ni imzolash talab qilinadi, bitimda qonunlarga rioya qilish, Rossiya va uning fuqarolariga zarar yetkazadigan harakatlar qilishdan tiyilish shartlariga asosan Rossiyaga kirish huquqi berilgani, bu shartlar buzilgan hollarda mamlakatga kirish uchun taqiq qo‘yish bayon etiladi.
▪️ chet elliklarning Rossiyada bo‘lish qonuniyligi ustidan ma’muriy nazorat joriy etildi.
▪️ migrantlarning ma’muriy majburlash choralarini qanday amalga oshirayotganini kuzatish uchun "nazorat ostida bo‘lish" huquqni muhofaza qilish rejimi paydo bo‘ladi.
▪️ chet elliklar uchun Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalardan voz kechish va 3ta migratsiya rejimini o‘rnatish taklif qilinadi: qisqa muddatli (yil davomida jami 90 kundan oshmaydigan), uzoq muddatli (doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan yil davomida 90 kundan oshadigan) va doimiy yashash (muddatsiz).
Yangiliklar lentasi
0