https://oz.sputniknews.uz/20210709/rossiya-iiv-chet-elliklar-uchun-vaqtinchalik-yashash-ruxsatnomasini-bekor-qilishni-taklif-etdi-19605074.html
Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin
Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Ichki ishlar vazirligi vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini bekor qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqdi. 09.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-09T10:15+0500
2021-07-09T10:15+0500
2021-07-09T10:17+0500
migratsiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/01/18586453_0:218:2869:1831_1920x0_80_0_0_784039662b188e0d1b4f9e09a78c47a0.jpg
TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Rossiya IIV chet elliklarning mamlakatga kirish va qolish qoidalariga o‘zgartirishlar tayyorladi, xususan, mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani (RVP) bekor qilishni taklif qildi. Qonun loyihasi normativ huquqiy aktlar loyihalari federal portalida e’lon qilingan.Shunday qilib, idora mamlakatda bo‘lishning uchta migratsiya rejimini o‘rnatishni taklif qilmoqda: qisqa muddatli (yil davomida jami 90 kundan oshmaydigan), uzoq muddatli (doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan yil davomida 90 kundan oshadigan) va doimiy yashash (muddatsiz).Shu bilan birga qo‘lida ruxsatnoma bo‘lgan chet el fuqarolariga Rossiya chegarasidan chiqmay turib yashash maqsadini o‘zgartirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasida noinsof taklif etuvchi (jismoniy va yuridik) shaxslar reyestrini kiritish nazarda tutilgan.Bundan tashqari, idora mehnat migratsiyasini ikkita axborot resursidan foydalangan holda tartibga solishni taklif qilmoqda: xorijiy ishchilar reyestri va ish beruvchilarning elektron reyestri.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/01/18586453_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_d1a952b62a8f767b0eb7aa0941faf666.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya
Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin
10:15 09.07.2021 (yangilandi: 10:17 09.07.2021) Rossiya Ichki ishlar vazirligi vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini bekor qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Rossiya IIV chet elliklarning mamlakatga kirish va qolish qoidalariga o‘zgartirishlar tayyorladi, xususan, mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani (RVP) bekor qilishni taklif qildi. Qonun loyihasi normativ huquqiy aktlar loyihalari federal portalida e’lon qilingan.
Shunday qilib, idora mamlakatda bo‘lishning uchta migratsiya rejimini o‘rnatishni taklif qilmoqda: qisqa muddatli (yil davomida jami 90 kundan oshmaydigan), uzoq muddatli (doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan yil davomida 90 kundan oshadigan) va doimiy yashash (muddatsiz).
Shu bilan birga qo‘lida ruxsatnoma bo‘lgan chet el fuqarolariga Rossiya chegarasidan chiqmay turib yashash maqsadini o‘zgartirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasida noinsof taklif etuvchi (jismoniy va yuridik) shaxslar reyestrini kiritish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, idora mehnat migratsiyasini ikkita axborot resursidan foydalangan holda tartibga solishni taklif qilmoqda: xorijiy ishchilar reyestri va ish beruvchilarning elektron reyestri.