Keyingi to‘rt yil ichida o‘n minglab insonlar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi va bu jarayonda bir qator vazifalarni hal etishga to‘g‘ri keladi, deydi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov.
TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi O‘zbekistonning fuqarosizlikka barham berish borasidagi muvaffaqiyatlarini olqishladi, deb xabar bermoqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining matbuot xizmati.
Keyingi to‘rt yil ichida o‘n minglab insonlar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda 2021-yil 7-iyul kuni BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Doimiy qo‘mitasining 81-majlisida so‘z bordi.
Vidacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoe projivanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2021
Markaziy Osiyo davlatlari 2024-yilgacha mintaqada fuqarosizlikka barham bermoqchi
Fuqarosizlikka barham berish masalalari bo‘yicha mazkur alohida sessiya muhim xalqaro sana - 1961-yilgi Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganining 60-yilligiga bag‘ishlandi.
Asosiy ma’ruzachilar qatorida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining o‘rinbosari Jilian Triggs, AQSh Davlat departamenti Aholishunoslik, qochoqlar va migratsiya burosi bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosari Lesli Ziman, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Global ma’lumotlar xizmati rahbari Folker Shimmer, YuNISEFning Bolalarni himoya qilish departamenti direktori Kornelius Uilyams va boshqalar so‘zga chiqdi.
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
To‘rt yarim yil ichida qariyb 22,3 ming kishi O‘zbekiston fuqaroligini oldi
O‘zbekistonning fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha so‘nggi yillardagi ilg‘or tajribasi haqida to‘xtalar ekan, Saidov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fuqarosizlikni kamaytirish borasida ko‘rilgan qat’iy choralar tufayli keyingi 4-yilda bu sohada vaziyat tubdan yaxshilanganini ta’kidladi.
Xususan, hozirda yangilangan amaldagi "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, mamlakatda kamida 15-yil davomida yashab turgan va doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik berilishining yangi tartibi o‘rnatildi.
Bundan tashqari BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining 2024-yilgacha fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha Global harakatlar rejasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish holatlarini yalpi ro‘yxatga olishni ta’minlash maqsadida chaqaloqlarni, shu jumladan, hujjatlari mavjud bo‘lmagan ota-onalardan tug‘ilgan bolalarni rasmiylashtirish amaliyotiga o‘zgarishlar kiritildi. Ayni vaqtda rasmiylashtirilmagan barcha tug‘ruq holatlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha milliy kampaniya boshlangan.
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
O‘zbekiston fuqaroligini olish osonlashtirildi
O‘zbekiston tomonidan bu sohada erishilgan ijobiy natijalar tadbir ishtirokchilarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ularning ta’kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antonio Gutterishning "#IBelong" - fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha Global kampaniya yuzasidan BMT oliy minbaridan turib e’lon qilgan chaqirig‘ini nafaqat qo‘llab-quvvatladi, ayni chog‘da, ushbu muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish yo‘lida aniq amaliy qadamlar qo‘ydi.
Saidov qayd etganidek, O‘zbekiston fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi va bu jarayonda bir qator vazifalarni hal etishga to‘g‘ri keladi.
Jumladan, fuqarosizlik masalalariga oid milliy qonunchilikni yanada rivojlantirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hujjatlashtirish mexanizmini takomillashtirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning muayan toifalari uchun O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lish yoki mamlakatda yashash guvohonomasini olish tartib-taomillariga qo‘shimcha ravishda yengilliklar kiritish taqozo etiladi.
O‘zbekiston ana shu barcha masalalar yuzasidan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi bilan amaliy hamkorlikni bunday keyin ham izchil rivojlantirishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0