https://oz.sputniknews.uz/20210615/ozbekiston-fuqaroligini-olish-osonlashtirildi-19239964.html
O‘zbekiston fuqaroligini olish osonlashtirildi
O‘zbekiston fuqaroligini olish osonlashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi. 15.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-15T13:04+0500
2021-06-15T13:04+0500
2021-06-15T13:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston fuqaroligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/380/01/3800133_0:0:1501:844_1920x0_80_0_0_ab04edc8e35c59aeafff39e1f1b49b44.jpg
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5-yil yashash talab etilmaydi. Bu prezident imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunda ko‘zda tutilgan.Qonunga “identifikatsiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.O‘zgartirishga ko‘ra, 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.Qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210529/senat-ozbekiston-fuqaroligini-olishni-soddalashtirish-togrisidagi-qonunni-maqulladi-18976376.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/380/01/3800133_179:0:1304:844_1920x0_80_0_0_43bece041c43247479459b9fc6ae6165.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston fuqaroligi
jamiyat, o‘zbekiston fuqaroligi
O‘zbekiston fuqaroligini olish osonlashtirildi
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5-yil yashash talab etilmaydi. Bu prezident imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi
qonunda ko‘zda tutilgan.
Qonunga “identifikatsiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.
O‘zgartirishga ko‘ra, 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida tug‘ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5-yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.