O‘zbekistonda terrorchilikka qo‘shilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlash mezonlari belgilandi

© MID UzbekistanaVlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov
Vlasti Uzbekistana vernuli iz Sirii pochti 100 sootechestvennikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasida aytilishicha, endilikda ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasidagi farq belgilanadi.
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Milliy strategiyasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi rolini kuchaytirish belgilandi.
Hujjatda O‘zbekiston xalqaro aktlarni, xususan, BMTning xotin- qizlar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir Konvensiya va Deklarasiyalarini ratifikatsiya qilgani va o‘z vaqtida bajarayotgani qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi gender tenglik huquqini kafolatlaydi, ushbu huquqlar O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari bilan ta’minlanadi.
Operatsiya po vozvrasheniyu sootechestvennikov na rodinu Mexr-5 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
"Nihoyatda og‘ir joylardan keldik" - Mehr-5 operatsiyasi
Ta’kidlanishicha, aksariyat hollarda xotin-qizlar o‘z turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining ta’siri ostida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari tarafdoriga aylanmoqda, ammo shu bilan birga, xotin-qizlarning o‘z oila a’zolari yoki qarindoshlarini ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga yollashda faol rol o‘ynashi holatlari ham aniqlanmokda.
"Aholining radikallashuv jarayonida xotin-qizlar o‘rnini faqatgina qurbon bo‘lgan ayollar yoki terrorchilarning turmush o‘rtog‘i kabi gender stereotiplari bilan cheklanmaslik kerakligini tushunish muhim", - deyiladi matnda.
Xotin-qizlar terrorchilarga hamdardlik bildiruvchi, ularni safarbar etuvchi hamda ixtiyoriy ravishda terrorchilik harakatini ham amalga oshiruvchi bo‘lishlari mumkin.
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
O‘zbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi
Yuqoridagilarni inobatga olib, Strategiyada ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasidagi farq belgilanadi.
Bundan tashqari, yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishida, oilalarda erlarning chet elda bo‘lishi muhim omil hisoblanishi aytib o‘tilgan.
Bunday hollarda ayol bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi yagona tarbiyachi bo‘lib qolayotgani, bolalarni nazorat qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotgani va bunda odatda fuqarolik jamiyatining eng samarali bo‘g‘ini hisoblangan mahallaning ahamiyati kattaligi qayd etilgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati, xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish va jamiyatdagi rolini oshirish buyicha komplekc chora-tadbirlar amalga oshirilmokda.
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ekstremistik va terroristik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish uchun ayollarning oilaviy, ijtimoiy maqomini quyidagi yo‘llar bilan qo‘llash muhimligi qayd etilgan:
Zamnachalnika upravleniya profilaktiki pravonarusheniy GUVD Tashkenta po voprosam jenshin mayor Maksuda Xujanazarova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2020
Himoya orderi nima va uni qanday olsa bo‘ladi - mayor Xo‘janazarova bilan suhbat
a) xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, ularni qo‘llab-quvvatlashning xalqaro standartlarga javob beradigan huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;
b) qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga ma’naviy-ruhiy va moddiy yordam ko‘rsatish;
v) huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ekstremistik va terrorchilik faoliyati safiga qo‘shilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish;
g) muammoli oilalar bilan ishlashda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bo‘linmalarining roli va javobgarligini kuchaytirish;
d) xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, xotin-qizlarni ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish sohasida tajriba almashish.
Yangiliklar lentasi
0