https://oz.sputniknews.uz/20210501/nihoyatda-ogir-joylardan-keldik---mehr-5-operatsiyasi-18581246.html
"Nihoyatda og‘ir joylardan keldik" - Mehr-5 operatsiyasi
"Nihoyatda og‘ir joylardan keldik" - Mehr-5 operatsiyasi
Sputnik O‘zbekiston
Yaqin Sharq va Afg‘onistondan olib kelingan ayollar va bolalar sanatoriyaga joylashtirilib, u yerda ularga tibbiy yordam ko‘rsatiladi. 01.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-01T12:48+0500
2021-05-01T12:48+0500
2021-05-01T13:13+0500
jamiyat
"mehr" operatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/01/18581146_0:66:1024:642_1920x0_80_0_0_59a46f2a5173c1f6c2087fcee62f4e24.jpg
TOShKENT, 1-may – Sputnik. Kecha, 30-aprel kuni Toshkent shahriga Yaqin Sharq va Afg‘onistonning notinch hududlardan 93 nafar ayollar va bolalar olib kelindi. Uzoq vaqt davomida og‘ir sharoitlarda, qochoqlar lagerlarida yashagan ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriyasiga joylashtiriladi. U yerda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek,ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshiriladi. Muxbirlar savoliga javob berarkan, xorijdan qaytgan fuqarolar quyidagi agpalarni aytishdi:Vatandoshlar oib kelishini izohlar ekakn, Toshkent shahar bosh imom xatibi Xoliqnazarov Nuriddin ushbu “Mehr” operatsiyasi bir vaqtlar xato qilgan vatandoshlarni kechirish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning biri ekanini qayd etdi. Mehr operatsiyasining Ramazon oyida o‘tkazilishida ham katta maziy ma’no bor. Ramazon oyida barcha insonlar bir-birini kechirishi, yordam ko‘rsatishi kerak. Hozirgi kunda butun dunyo O‘zbekiston rahbariyatining kechirimlilik, vatanparvarlik siyosatiga tasanno aytayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, dedi imom xatib. Ma’lumot uchun, shu kunga qadar amalga oshirilgan “Mehr” operatsiyalari doirasida, Suriya, Iroq va Afg‘onistonda nochor ahvolda yashagan 438 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/01/18581146_0:0:1024:769_1920x0_80_0_0_3c5f0a4adcbf1df4894857c61ac89679.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, "mehr" operatsiyasi, foto
jamiyat, "mehr" operatsiyasi, foto
"Nihoyatda og‘ir joylardan keldik" - Mehr-5 operatsiyasi
12:48 01.05.2021 (yangilandi: 13:13 01.05.2021) Yaqin Sharq va Afg‘onistondan olib kelingan ayollar va bolalar sanatoriyaga joylashtirilib, u yerda ularga tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
TOShKENT, 1-may – Sputnik. Kecha, 30-aprel kuni Toshkent shahriga Yaqin Sharq va Afg‘onistonning notinch hududlardan 93 nafar ayollar va bolalar olib kelindi.
Uzoq vaqt davomida og‘ir sharoitlarda, qochoqlar lagerlarida yashagan ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriyasiga joylashtiriladi. U yerda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek,ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshiriladi.
Muxbirlar savoliga javob berarkan, xorijdan qaytgan fuqarolar quyidagi agpalarni aytishdi:
“Dinni qidirib ketuvdim. Topolmay, mana alhamdu-lillah prezidentimiz qaytarib olib keldi bizlarni”
“2014 yilda ketgan edim. Menga xolis yordam bergan hamma insonlardan xursandman. O‘tgan kunlar menga sinov bo‘ldi. Inshoolloh yangi hayot boshlayman, bolalarimni yaxshi tarbiyalayman degan niyatdaman”
“Nihoyatda og‘ir joylardan keldik. U yerga kirgandan keyin chiqib ketishning hech iloji bo‘lmadi. Prezidentimizga shukur uyga qaytib keldik”
Vatandoshlar oib kelishini izohlar ekakn, Toshkent shahar bosh imom xatibi Xoliqnazarov Nuriddin ushbu “Mehr” operatsiyasi bir vaqtlar xato qilgan vatandoshlarni kechirish uchun amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning biri ekanini qayd etdi. Mehr operatsiyasining Ramazon oyida o‘tkazilishida ham katta maziy ma’no bor. Ramazon oyida barcha insonlar bir-birini kechirishi, yordam ko‘rsatishi kerak. Hozirgi kunda butun dunyo O‘zbekiston rahbariyatining kechirimlilik, vatanparvarlik siyosatiga tasanno aytayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, dedi imom xatib.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar amalga oshirilgan “Mehr” operatsiyalari doirasida, Suriya, Iroq va Afg‘onistonda nochor ahvolda yashagan 438 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilgan edi.