Birinchi yanvardan davlat xizmatchilari daromadlari deklaratsiya qilinadi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlarinning daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yangi farmonda belgilangan.
Farmon bilan ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulki ham deklaratsiya qilinadi.
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
2022 yil 1-yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablag‘larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Mansabdorning o‘z shaxsiy manfaati majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
O‘zbekistonda poraxo‘rlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi
Manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
- Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash;
- Korrupsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
- daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;
- korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash;
- “Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida”gi;
- “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi.
Yangiliklar lentasi
0