Putin Rossiyaning milliy xavfsizlik strategiyasini tasdiqladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2021
Obuna bo‘lish
Yangi strategiyada mamlakat milliy manfaatlari, tashqi siyosat yo‘nalishlari belgilangan.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning yangi xavfsizlik strategiyasini tasdiqladi. Hujjat huquqiy axborot portalida chop qilingan.
Rossiyaning milliy manfaatlariga kiritilgan:
mamlakat xalqni asrab-avaylash;
konstitutsiyaviy tuzim, suverenitet va mustaqilikni himoya qilish;
fuqarolar tinchligi va totuvligini saqlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va korrupsiyaga barham berish;
xavfsiz axborot makonini rivojlantirish – “Rossiya jamiyatini halokatli halokatli axborot va psixologik ta’sirdan himoya qilish;
iqtisodiyotni yangi texnologik asosda barqaror rivojlantirish;
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslarini saqlash va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish;
an’anaviy rus ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash, madaniy va tarixiy merosni saqlash;
strategik barqarorlikni saqlash, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro munosabatlarning huquqiy asoslarini qo‘llab-quvvatlash.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning usullaridan biri sifatida dollardan foylanishni qisqartirish, dori-darmon va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish hamda yuqumli kasalliklarga qarshi mahalliy vaksinani yaratish va ishlab chiqish ko‘rsatilgan.
Siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan munosabatlarni rivojlantirish. Hujjatga ko‘ra, Rossiya Xitoy, Hindiston, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Prezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Biz birga bo‘lsak hech kim bizni yenga olmaydi - Rossiya va Xitoyning yangi bayonoti
Rossiya xorijiy davlatlarning nodo‘stona xatti-harakatlariga javoban tegishli choralarni ko‘radi.
Strategiyada ta’kidlanishicha, geosiyosiy beqarorlik va davlatlararo qarama-qarshiliklarning o‘sishi sharoitlarida Rossiya xalqaro munosabatlarning barqaror tizimini ta’minlashga qaratilgan “izchil, mustaqil, ochiq va pragmatik tashqi siyosatni” yuritadi.
Rossiyaning tashqi siyosati maqsadlari sifatida mamlakatning barqaror ijtimoiy iqtisoiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, milliy xavfsizlikni mustahkamlash, Rossiya Federatsiyasi pozitsiyasini dunyoning nufuzli markazlaridan biri sifatida mustahkamlash belgilangan.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
SSSR va Germaniyaning 2-jahon urushidagi rollarini tenglashtirish taqiqlanadi - RF yangi qonuni
Yangiliklar lentasi
0