Biz birga bo‘lsak hech kim bizni yenga olmaydi - Rossiya va Xitoyning yangi bayonoti
13:59 01.07.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023)
© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Szinpin
© Sputnik / Mixail Klimentyev
/ Obuna bo‘lish
Yaqinda Vladimir Putin va Si Szinpin Rossiya va Xitoy orasida harbiy ittifoqdan ko‘ra ustunroq munosabatlar haqida kelishib olishdi.
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Yaqinda Vladimir Putin vi Si Szinpin videoaloqa orqali bog‘lanib Rossiya va Xitoy orasida imzolangan “qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi” shartnomani yangilash va uzaytirishga kelishib olishdi.
Ushbu muhim voqea Xitoy Kommunistik partiyasining (XKP) 100-yillik yubileyni nishonlash arafasida bo‘lgani ham muhim ahamiyatga ega. Axir Rossiya va Xitoy munosabatlarida kommunistik partiyaning o‘rni juda muhim.
Dastlab 1950-yilda Xitoy va SSSR orasida do‘stlik shartnomasi imzolashda XKPning fuqaro urushidagi g‘alabasi va Xitoyning birlashishi asos bo‘lgan edi. Keyinchalik KPSS va XPK orasida kelishmovchilik sodir bo‘lganidan so‘ng ikki davlat munosabatlari buzilgan edi.
SSSR inqirozga uchraganidan so‘ng Xitoy partiyasi KPSSning xatolaridan o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib oldi va nafaqat o‘zini saqlab qolishga, davlat tizimini ham yangilab dunyoning yetakchilaridan biriga aylandi.
Bugungi geosiyosiy vaziyatda esa Xitoy Rossiya bilan birga ikki davlat munosabatlarining yangi modelini qurishga muvaffaq bo‘ldi. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Putin va Si aynan ushbu munosabatlarning kelajagi haqida so‘z yuritishdi.
Pandemiya tufayli ikki davlat rahbarlari 1,5 yildan buyon shaxsan uchrasha olmayotgan bo‘lsa ham, videokonferensiya formatida doimiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. So‘nggi uchrashuv yakunida ham Rossiya va Xitoyning qo‘shma bayonoti imzolandi.
Unda Moskva va Pekin tashqi siyosiy harakatlarni “ikki davlat munosabatlarining asosiy ustunlaridan biri” deb hisoblashlari aytigan.
“Geosiyosiy turbulentlik kuchayib, qurol-yarog‘ ustidan nazorat shartnomalari buzilayotgan va dunyoning turli burchaklarida mojarolar xavfi kuchayib borayotgan vaqtda, Rossiya-Xitoy munosabatlari dunyo ishlarini barqarorlashtiruvchi rol o‘ynaydi,” – deyilgan bayonotda.
Bu haqida Si Szinpin ham “Rossiya – Xitoy munosabatlari xalqaro hamjamiyatga ijobiy energiya olib kelib, xalqaro munosabatlarning yangi turini yaratishda o‘rnak bo‘lishi mumkin”, - dedi.
Bu yerda gap qanday munosabatlar haqida ketayotgani ma’lum albatta. Gap nafaqat “teng huquqli dunyo tartibi” balkim tark etayotgan gegemonni tan olmaydigan tartib haqida ketmoqda. Qo‘shma bayonotda bunday tartib ikkala tomonni ham qoniqtirmasligi aytib o‘tilgan.
“Dunyoda notinchlik hukm surmoqda, noaniqlik va beqarorlik sezilarli darajada kuchaygan. Insoniyat xalqaro ishlarda ishonch va boshqaruv taqchilligiga, rivojlanish tafovutlari va qarama-qarshiliklar kuchayishiga duch kelmoqda. Umumiy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash hali ham eng muhim vazifalar qatoridan o‘rin olgan. Alohida mamlakatlar yakuniy natijasi “nol” qiymatiga teng bo‘lgan o‘yinlar qabilida raqobat va mojarolarga da’vat qilmoqda. Xalqaro munosabatlarda kuch faktorining roli oshmoqda.
Salbiy faktorlar qatoridan – ayrim davlatlarning dunyoni mafkuraviy nuqtayi nazardan bo‘lish, suveren davlatlar ichki ishlariga bezbetlarcha aralashish, bir tomonlama sanksiyalar kiritish, xalqaro huquqning normativ bazasini, jumladan qurol yarog‘ni nazorat qilish tizimini bo‘shashtirish kabilar o‘rin olgan.
Ushbu harakatlar xalqaro mojaro va muammolarni tinchlantirish jarayonini murakkablashtiradi. Terrorchilik va ekstremizm va separatizm xavflari oshmoqda. Ayniqsa qo‘shni davlatlar hududida.
Bayonotda AQSh nomi tilga olinmagan bo‘lsada, gap kim haqida ketayotgani ma’lum. Xitoy va Rossiya har doim ularning munosabatlari o‘ziga to‘qligini va uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmaganini ta’kidlab kelishgan.
Bu faqat ehtiyotkorlik chorasidan yoki amerikaliklarning jahlini chiqarmaslik uchun emas.
AQSh Rossiya va Xitoyni ochiqchasiga dushman deb e’lon qilib, kollektiv G‘arb yoki uning “demokratiya”gacha cho‘zilgan ko‘rinishi esa dunyoda o‘zlari istagan tartibni o‘rnatish huquqiga da’vo qilib turgan vaqtda Rossiya va Xitoy bundan noroziliklarini ham ochiqchasiga aytishmoqda, lekin “AQShni birgalikda yakson qilamiz” kabi gaplardan yiroq. Ularning asosiy maqsadi, AQShning ham o‘z o‘rni bo‘lgan yangi ko‘p qirrali xalqaro munosabatlar tizimini barpo etish. Bundan ko‘p emas va kam ham emas.
Barcha kuch g‘ayratni AQShga qarshi qaratish – befoyda. Amerika o‘z yetakachiligini baribir uzoq tutib tura olmaydi. Bugun dunyo Amerika yoki G‘arb atrofida aylanmayapti. Atlantika erasi yakunlanib, og‘irlik markazi Tinch Okeani hududiga ko‘chmoqda.
Rossiya va Xitoy uchun turli kuch markazlari bilan munosabatlarni tiklash va ularni o‘z tomoniga jalb qilish kerak. Bunda munosabatlar “o‘zniki-begona” tizimi bo‘yicha qurilmaydi. Moskva va Pekinga vassallar kerak emas. Ular amerikalik gegemon o‘rnini bosishni istamaydi. Ular uchun yangi dunyo xavfsizlik arxitekturasiga imkon qadar ko‘proq davlatlarni birga ishlash uchun jalb qilish muhimroqdir.
Yangi dunyoda yagona boshqaruv markazi yoki gegemonga xizmat ko‘rsatuvchi va norozilarni yo‘q qiluvchi tartib bo‘lmaydi, lekin dunyoning asosiy sivilizatsiya-davlatlari va hududiy ittifoqlar manfaatlaridan kelib chiqqan kuchlar muvozanati bo‘ladi.
Aynan shu sababli ham Moskva va Pekin harbiy ittifoq haqida bitim tuzmayaptilar. Aks holda Hindiston kabi muhim rol uynaytigan davlatlar undan yuz o‘girishi mumkin. Hozir atlantik davlatlar ShHT a’zosi bo‘lgan Hindiston kabi yirik davlatlarni o‘ziga qaratib olish uchun turli harakatlar qilmoqda, jumladan Xitoy bilan qo‘rqitib olishdan ham toyishmayapti.
Rossiya va Xitoy rasman Ittifoq tuzmasa-da bu ikki davlatning yaqindan hamkorlik qilishiga xalal bermaydi. Jumaladan harbiy va strategik masalalarda ham. Qo‘shma bayonotda Rossiya va Xitoy munosabatlari quyidagicha tavsiflangan.
“Harbiy-siyosiy ittifoq bo‘lmasa-da Rossiya va Xitoy munosabatlari ana shunday sovuq urush davridan shakllangan bloklar ko‘rinishidagi hamkorlikdan ko‘ra ustuvordir. Ikki davlat munosabatlari biror vaziyatga bog‘liqlik yoki mafkuradan xoli bo‘lib, hamkor tomonning manfaatlarini har tomonlama hisobga olishni va uning ichki ishlariga aralashmaslikni nazarda tutadi. Aloqalar faqat o‘zaro manfaatlar yo‘lida bo‘lib, uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan. Bu xalqaro munosabatlarning yangi ko‘rinishidir”.
Ya’ni, Rossiya va Xitoy munosabatlari nafaqat o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan (bu haqida bir necha yildan buyon ta’kidlab kelinmoqda), balkim endi ular NATO kabi har qanday harbiy-siyosiy ittifoq munosabatlaridan ham yuqoridir.
Rossiya va Xitoy munosabatlarining hozirgi ko‘rinishi o‘z manfaatlarini, o‘z qonunlari bo‘yicha yashashni himoya qilishga qaratilgan. Kommunizm g‘oyasi endi bizni birlashtirmasa-da, Moskva va Pekinni undan ham kuchliroq g‘oyalar birlashtirmoqda. Bu ikki buyuk qo‘shnilarning o‘z birdamligiga ishonchi – agar biz birga bo‘lsa hech kim bizni yenga olmaydi. Dunyo qanchalik notinch bo‘lsa, biz uchun birga bo‘lish shunchalik muhim.
“Rossiya Xitoyning barqaror va gullab-yashnashidan manfaatdor, Xitoy Rossiyaning kuchli va muvaffaqiyatli bo‘lishidan manfaatdor. <...> Global notinchlik kuchayib borarkan, Rossiya-Xitoy strategik hamkorligining dolzarbligi ham oshadi”.