https://oz.sputniknews.uz/20210704/jizzaxda-uch-yigit-20-yoshli-qizni-ogirlab-ketdi-19530828.html
Jizzaxda uch yigit 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi
Jizzaxda uch yigit 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan uch yigitga qarshi jinoyat ishi ochildi. 04.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-04T11:09+0500
2021-07-04T11:09+0500
2021-07-04T11:09+0500
hodisalar
jinoyat
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/10/17775234_0:1211:2048:2363_1920x0_80_0_0_a8552b7815283fb0f4dc948c1bde8572.jpg
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan uch yigitga qarshi jinoyat ishi ochildi.“Postda” gazetasining yozishicha, “Mirzadala” shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U 2001-yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlangani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni “Nexia”ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.Mazkur holat yuzasidan "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., "Yerjar" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210413/toshkent-viloyatida-21-yoshli-qizni-uylanish-uchun-ogirlab-ketishdi--18312428.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/10/17775234_0:1019:2048:2555_1920x0_80_0_0_b91d763104bf896d308745aa1fc271fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , jinoyat, jizzax
hodisalar , jinoyat, jizzax
Jizzaxda uch yigit 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan uch yigitga qarshi jinoyat ishi ochildi.
“Postda” gazetasining
yozishicha, “Mirzadala” shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U 2001-yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlangani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni “Nexia”ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., "Yerjar" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.