Kamilov Pentagon rahbari bilan Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The PentagonShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delagatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. 1-iyul kuni Vashington shahriga O‘zbekiston delagatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribivshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboroni Soyedinennix Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribivshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboroni Soyedinennix Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribivshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboroni Soyedinennix Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom
Uchrashuv chog‘ida Pentagon rahbari vazir Abdulaziz Kamilovni O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligi bilan tabrikladi.
Afganskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda
"Muzokaralarda mudofaa yo‘nalishidagi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Turli darajalar va yo‘nalishlardagi muntazam muloqot sababli so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Amerika aloqalari ijobiy o‘sish suratlarini kasb etayotganligi, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarning O‘zbekiston tomonidan ko‘p yillardan buyon qo‘llab-quvvatlanayotganligini hamda ushbu mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasiga ko‘maklashishga tayyorligini olqishladi", - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0