Deputat hukumatdan yoz oylari uchun tonirovkani bepul qilishni so‘radi

CC0 / pixabay / Tonirovannoe steklo avtomobilya
Tonirovannoe steklo avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2021
Obuna bo‘lish
Deputat Doniyor G‘aniyev rahbarlardan yoz mavsumida tonirovkani bepul qilishni so‘radi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev rahbarlardan yoz mavsumida tonirovkani bepul qilish haqida post yozdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda hozirda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda. Deputatning fikricha, bunday haroratda fuqarolarning iqtisodiy faolligi va mehnat samaradorligi pasayadi.
“Tonirovkani pullik qilishni o‘ylab topgan hurmatli rahbarlar, iqtisodiyot o‘sishi, budjetga ko‘proq pul tushishini istasangiz, tonirovka narxlarini yoz oylari uchun bekor qiling”, - deb yozgan deputat.
Reyd skritix patruley DPS v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
“Tonirovka” narxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi o‘rtasida tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan deputatlik so‘rovi 2-3 xil taklif bilan IIVga yuborilgani haqida deputat Doniyor G‘aniyev ma’lum qilgandi.
IIV ushbu so‘rovga aniq javob bermagan, biroq tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident administratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga vazirlik o‘z takliflarini bildirilgan.
Hozirgi kunda avtomobillarning orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi narxi jismoniy shaxslar uchun 5 BHM (1 225 000 so‘m) etib belgilangan. Ham orqa, ham old yon oynalar tonirovkasi uchun esa 50 BHM (12 250 000 so‘m) narx saqlanib qolmoqda.
Yangiliklar lentasi
0