Toshkentda kovidga chalingan bemorlarni taqsimlovchi markazlar qaytadan ochilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti
Stroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
Beshinchi iyul, dushanba kuni "O‘zekspomarkaz"da koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilish markazi faoliyati ham qayta tashkil etiladi.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Toshkent shahrida "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazma majmuasi bazasida, shuningdek "Universal" va "Yoshlik" sport majmualaridagi koronavirusga chalingan bemorlar uchun taqsimlash markazlari qayta ochilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmatining telegram kanalida xabar berildi.
Videoda aks etgan tasvirlarga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2-iyulga o‘tar kechasi ushbu markazga tashrif buyurgan. Markaz shu soatdan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi.
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
O‘zbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi
Markaz 504 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan, shu jumladan 60 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi ham tayyor holatga keltirilgan.
Shifoxonada barcha narsa shay holatga keltirilgan va bemorlarni kutib olish uchun shifokorlar guruhi jalb qilingan.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 3-iyulga o‘tar kechasi "Universal" sport majmuasi bazasida 770 o‘rinli taqsimlash markazini ochish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, hokim 5-iyul, dushanba kuni "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazma majmuasi negizida 700 o‘rinli taqsimlash markazi ishini ham qayta tiklashga ko‘rsatma berdi.
Medpersonal Raspredelitelnogo sentra vpervie poluchil zarplatu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2020
Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda
Jami bo‘lib 2000 nafar bemor uchun joylar zaxirasi shakllantirilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat butun dunyoda singari O‘zbekistonda ham tobora jiddiy tus olmoqda.
Jumladan, 24-iyun kuni Innovatsiyalar vazirligi O‘zbekistonda ham yuqumliroq va xavfliroq hisoblangan "delta" koronavirus shtammini aniqlaganini tasdiqladi.
Koronavirus tarqalishi fonida 28-iyundan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirildi. Toshkent shahriga 28-iyundan transport vositalari kirishiga hamda ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi.
Yangiliklar lentasi
0