O‘zbekistonda yangi karantin cheklovlari kiritildi

© AFP 2023 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi:
- 28-iyunidan 12-iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi;
Lechenie bolnix COVID-19 v GKB №40 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Antirekord: O‘zbekistonda bir sutkada 476 nafar koronavirus yuqtirganlar aniqlandi
- xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;
- joriy yilning 28-iyunidan boshlab respublika bo‘ylab ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;
- ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0