Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi

© REUTERS / KEN CEDENOEntoni Blinken vstretilsya s Abdulazizom Kamilovim, 1-iyunya 2021
Entoni Blinken vstretilsya s Abdulazizom Kamilovim, 1-iyunya 2021  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
TIV rahbaralari uchrashuvida Entoni Blinken AQSh O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish istagida ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Kecha, 1-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda AQSh tashqi ishlar muassasi.
AQSh Davlat kotibi O‘zbekiston tomonidan uzoq vaqt davomida amalga oshirilayotgan, Afg‘onistonda ishonchli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlar uchun Abdulaziz Kamilovga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishda hamkorlik qilishga qaratayotgan e’tiborini qo‘llab-quvvatladi va ushbu ishlar kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyoga faravonlik olib kelishiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv davomida Blinken bu yil AQsh va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yillligini nishonlashini hamda AQSh O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni chuqurlashtirish istagida ekanini ma’lum qildi.
Shuningdek davlat kotibi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, jumladan inson huquqlari va demokratiya mustahkamlanishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Abdulaziz Kamilov: Tolibon – terrorchi tashkilot emas
Undan tashqari Entoni Blinken O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholadi va AQSh hamda O‘zbekistonning S5+1 formatidagi faol hamkorligini qayd etib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagigi yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston va Pokiston, AQSh va boshqa davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjumanning asosiy mavzulari - Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish hamda hududiy xavfsizlik masalalarilir.
Yangiliklar lentasi
0