TMZ Ukrainaning "Antonov" zavodiga aviadetallar yetkazib beradi
Obuna bo‘lish
Ukrainaning "Antonov" davlat korxonasi Toshkent mexanika zavodida aviatsiya detallari uchun buyurtma joylashtirish imkoniyatini o‘rganmoqda.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Toshkent mexanika zavodi (TMZ) Ukrainaning "Antonov" davlat korxonasi bilansamolotlar uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish borasida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda TMZ.
Zavod bosh direktori Zafar Isoqov va "Antonov" korxonasi bosh direktori Aleksandr Dveyrin hamda Welfare Investment Alliance bilan birgalikda Toshkentda aviatsiya sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qlishdi.
“Oldin ishlab chiqilgan mahsulotlarni eksport qilish, TMZ va “Antonov” orasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish asosida zamonaviy samolyotlar uchun detallar va ehtiyot qismlari ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar TMZning texnik potensiali va “Antonov” DK buyurtmasiga asosan samolyot detallari ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida yo‘l xaritasini muvofiqlashtirish hamda mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzishga kelishib olishdi.
© TMZVstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bichkovim
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bichkovim
© TMZ
O‘zbekistonda aviatsiya sanoati bir vaqtlar 45 ming kishi ishlagan TAPOiCh zavodiga asoslangan edi. Korxona 1941-yilda Moskva viloyatidan evakuatsiya qilingan aviazavod asosida paydo bo‘lgan edi. TAPOiChda Il-76 transport samolyotlari hamda yaqin masofaga uchuvchi Il-114 yo‘lovchi samolyotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Undan tashqari An-70 samolyotlari uchun qanotlar ishlab chiqarilar edi.
2014 yilning yanvar oyida aviatsiya zavodi “Toshkent Mexanika zavodi” AJ sifatida qayta tashkil qilingan edi. Korxonada Il-114 va Il-76 samolyotlari uchun detallar ishlab chiqarishni qisman saqlab qolish rejalashtirilgan edi.
Ayni damda TMZ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiritilgan bo‘lib, u yerda asosan qurilish konstruksiyalari, maishiy mahsulotlar, avtomobillar, temiryo‘l va qishloq xo‘jalik texnikasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.
2020 yilning dekabr oyda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar O‘zbekiston o‘z “qo‘lib bilan yopgan” aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilishini aytib o‘tgan edi.
© TMZVstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bichkovim
Vstrecha v Kiyeve uchreditelya investitsionnoy kompanii "Welfare Investment Alliance" Alishera Abdualiyeva s gendirektorom GP "Antonov" Sergeyem Bichkovim
© TMZ