Men aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilaman – Mirziyoyev  

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishNa territorii Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda
Na territorii Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev TAPOiCh yo‘q bo‘lganidan afsusda ekanini va O‘zbekistonda aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilayotganini aytib berdi.

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodining ochilishida Aviatsiya sanoatini qayta tiklashni orzu qilayotganini aytib berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Men sizga bir sirni ochmoqchiman, chunki ichimda a qolgan alamim bor. Dunyoda samolyot ishlab chiqaradigan davlatlar soni sanoqli edi. Biz esa, afsuski,  buning hammasini o‘z qo‘limiz bilan yo‘q qilib tashladik. Endi uni tiklash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilmoqdamiz. Bizda aviaquruvchilar, injenerlar bor edi. Qanday ajoyib yoshlar ishlar edi”, - dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent metallurgiya zavodi ochilishida ishtirok etdi. Marosimda Rossiya Sanoat vasavdo vaziri boshchiligidagi delegatsiya, Italiya yirik korxonasi rahbariyati  ham ishtirok etdi.

TMZ yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Korxonada 700 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Prezident aytishiga ko‘ra, yangi zavod respublika sanoatining lokomotiviga aylanadi. Uning mahsuloti korxonalarga import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0