Rossiya TIV Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlari olib chiqilishi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishZdanie Ministerstva inostrannix del RF
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish NATOning MOda qaytadan joylashtirishga aylanmasligi kerak - RF TIV.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish jarayoni AQSh va NATO infratuzilmasini Markaziy Osiyo davlatlariga qaytadan joylashtirishga aylanmasligi kerak, dedi Zamir Kabulov, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Osiyoni ikkinchi departamenti direktori.

"Bu jarayon, aytganday, AQSh va NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘oniston Islom Respublikasining qo‘shni davlatlariga, ayniqsa Markaziy Osiyoga qaytadan joylashtirishga aylanib ketishi mumkin emas va aylanmasligi kerak. Biz bunday signal allaqachon turli darajalarda Vashingtonga yuborganmiz, umid qilamanki u eshitiladi", - dedi u Kabulov.

Avvalroq AQSh administratsiyasi Afg‘onistondagi qo‘shinlarini ittifoqchilar bilan kelishilgan holda 1-mayda boshlab, 11-sentabrga qadar olib chiqib ketishini ma’lum qilgandi.
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Hafta oxirigacha AQSh shoshilinch ravishda Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi
AQSh va NATO bo‘yicha ittifoqchilari 2001-yilda Afg‘onistonda harbiy operatsiyani boshlagandi. Harbiy amaliyot 2001-yil 11-sentabrdagi teraktga javoban "Yengilmas ozodlik" kampaniyasi doirasida amalga oshirildi. 2014-yilda Afg‘oniston, AQSh va NATO ittifoqchilarga Afg‘onistonda cheklangan harbiy kuchni saqlashga imkon beruvchi xavfsizlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. 2015-yil 1-yanvardan boshlab jangovar operatsiya "Qat’iy qo‘llab-quvvatlash" jangovar bo‘lmagan missiyasi bilan almashtirildi.
"Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li - bu mamlakatdagi barcha yirik etnik-siyosiy kuchlar, shu jumladan “Tolibon”* harakati vakillari ishtirokida yangi koalitsion hukumatni tuzish, deb hisoblaymiz. Biroq afg‘on tomonlari o‘zlari kelishishi kerak", - dedi Kabulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "xalqaro hamjamiyat tegishli ko‘makni beradi, chunki afg‘onlar hozircha muvaffaqiyatga erisha olmayapti, ammo kelajakdagi hukumat tuzilmasi konfiguratsiyasi va parametrlari to‘g‘risida yakuniy qarorni o‘zlari qabul qilishadi".
Afganskiy voyenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda
"Ishonamizki, kuzga kelib jangarilar lageridagi “qaynoq boshlar” tinchlanadi, yana muzokara jarayonini boshlash uchun qulay fursat keladi", - deb qo‘shimcha qildi yuqori martabali diplomat.
Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi yaqin kelajakda "kengaytirilgan uchlik" (Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston) formatida Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi chaqirilishini istisno etmaydi.
"Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston ishtirokida kengaytirilgan uchlik formatida birgalikda ishlashni davom ettirmoqdamiz. Yaqin kelajakda uning navbatdagi raundini chaqirishni istisno etmaymiz. Bundan tashqari, Moskva formatidagi navbatdagi uchrashuvni tashkil etish imkoniyati yodimizda, ma’lumki, Afg‘oniston atrofidagi mintaqa barcha davlatlarini, shuningdek AQShni birlashtiradi", - dedi Kabulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "BMT, xususan, Xavfsizlik Kengashi mexanizmlarini qo‘llash, bizning nazarimizda, keyinroq bosqichda - afg‘on tomonlari tinchlik bitimini imzolashga kelganida maqsadga muvofiq bo‘ladi".
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Yangiliklar lentasi
0