https://oz.sputniknews.uz/20210702/pandemiyada-ozbekistonda-saylov-qanday-otkaziladi---guliston-hujjati-haqida-tafsilotlar-19509633.html
Pandemiyada O‘zbekistonda saylov qanday o‘tkaziladi - Guliston hujjati haqida tafsilotlar
Pandemiyada O‘zbekistonda saylov qanday o‘tkaziladi - Guliston hujjati haqida tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro anjuman yakunida Guliston hujjati qabul qilindi. Unda O‘zbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar nazarda tutilgan. 02.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-02T10:48+0500
2021-07-02T10:48+0500
2021-07-02T10:48+0500
siyosat
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/15/19334503_551:891:2608:2048_1920x0_80_0_0_ce60b84e90a5d2f88e2360b2c0df4529.jpg
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Guliston shahrida "Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.Konferensiyaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Pyer fon Arks, BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska va Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayev so‘zga chiqdi.Akademik Saidov ta’kidlaganidek, zamonaviy dunyoda erkin va adolatli saylovlar demokratlashtirish jarayonining hal qiluvchi omili va xalq irodasini ifoda etuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Zero, saylovlar jamiyatning siyosiy hokimiyatini yagona, ajralmas, davlat hokimiyatiga aylantirishga xizmat qiladi.So‘nggi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda davlat va jamiyatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha jadal va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada bugungi kunda mamlakat demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy milliy saylov tizimiga ega.Konferensiya o‘z ishini uchta sho‘’bada davom ettirdi.Birinchi sho‘’ba – “Fuqarolarning saylov huquqlari va siyosiy partiyalarning prezident saylovida ishtirokini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston tajribasi” deb nomlangan. Unda Davlat va huquq instituti, Oliy sud, shuningdek mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan beshta siyosiy partiya rahbarlari o‘zaro fikr almashdilar.Ikkinchi sho‘’ba – “Fuqarolar saylov huquqlari ta’minlanishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: xalqaro va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzuyida ish olib bordi. Bunda YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi, BMTTD, MDH Parlamentlararo Kengashining saylov masalalari bo‘yicha ekspertlarining fikrlari tinglandi.Uchinchi sho‘’ba – “Zamonaviy sharoitda O‘zbekiston saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Parlamentlararo Ittifoq, J.Neru universiteti (Hindiston) mutaxassislari, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda milliy ekspertlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Xorijiy ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning saylov qonunchiligi shu davrgacha bo‘lib o‘tgan saylovlar davomida to‘plangan milliy tajriba, ilg‘or xorijiy saylov amaliyoti, shuningdek xalqaro standartlar, fuqarolarning siyosiy ongi hamda elektoral madaniyatining o‘sishi, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning borishi va talablarini hisobga olgan holda jadal takomillashib bormoqda.Yangi O‘zbekistonning zamonaviy saylov tizimi yaratilishi ko‘p yillik evolyutsion jarayon va har tomonlama siyosiy muloqot mahsulidir.Mamlakatda sog‘lom partiyalararo raqobat va barcha partiyalarga saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlar yaratilgan hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larini adolatli taqsimlash, ovoz berishning halol va qonuniy bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilgan. Boshqacha aytganda, navbatdagi Prezident saylovi ko‘p partiyaviylik, nomzodlar raqobati, ochiqlik, fikr erkinligi va chinakam tanlov sharoitida o‘tkaziladi, deb ta’kidlash uchun barcha asoslar mavjud.Konferensiyada pandemiya sharoitida saylov jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish, saylov tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni huquqiy tartibga solishni yanada kengaytirish masalalari ham keng muhokama qilindi.Xalqaro anjuman yakunida Guliston hujjati qabul qilindi. Unda O‘zbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210621/prezident-saylovoldi-jarayoniga-qachon-start-beriladi-19330301.html
https://oz.sputniknews.uz/20210616/ozbekistonda-prezident-sayloviga-qancha-mablag-ajratiladi-19264201.html
https://oz.sputniknews.uz/20210531/saylov-kodeksiga-ozgartirish-kiritildi-19009949.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/15/19334503_337:0:3068:2048_1920x0_80_0_0_2edf317be9641eaec7dd2a5e6fcbb59e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
Pandemiyada O‘zbekistonda saylov qanday o‘tkaziladi - Guliston hujjati haqida tafsilotlar
Xalqaro anjuman yakunida Guliston hujjati qabul qilindi. Unda O‘zbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar nazarda tutilgan.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Guliston shahrida "Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Konferensiyaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YeXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Pyer fon Arks, BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska va Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayev so‘zga chiqdi.
Akademik Saidov ta’kidlaganidek, zamonaviy dunyoda erkin va adolatli saylovlar demokratlashtirish jarayonining hal qiluvchi omili va xalq irodasini ifoda etuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Zero, saylovlar jamiyatning siyosiy hokimiyatini yagona, ajralmas, davlat hokimiyatiga aylantirishga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda davlat va jamiyatni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha jadal va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada bugungi kunda mamlakat demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy milliy saylov tizimiga ega.
Konferensiya o‘z ishini uchta sho‘’bada davom ettirdi.
Birinchi sho‘’ba – “Fuqarolarning saylov huquqlari va siyosiy partiyalarning prezident saylovida ishtirokini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: O‘zbekiston tajribasi” deb nomlangan. Unda Davlat va huquq instituti, Oliy sud, shuningdek mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan beshta siyosiy partiya rahbarlari o‘zaro fikr almashdilar.
Ikkinchi sho‘’ba – “Fuqarolar saylov huquqlari ta’minlanishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: xalqaro va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzuyida ish olib bordi. Bunda YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi, BMTTD, MDH Parlamentlararo Kengashining saylov masalalari bo‘yicha ekspertlarining fikrlari tinglandi.
Uchinchi sho‘’ba – “Zamonaviy sharoitda O‘zbekiston saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Parlamentlararo Ittifoq, J.Neru universiteti (Hindiston) mutaxassislari, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda milliy ekspertlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Xorijiy ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning saylov qonunchiligi shu davrgacha bo‘lib o‘tgan saylovlar davomida to‘plangan milliy tajriba, ilg‘or xorijiy saylov amaliyoti, shuningdek xalqaro standartlar, fuqarolarning siyosiy ongi hamda elektoral madaniyatining o‘sishi, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning borishi va talablarini hisobga olgan holda jadal takomillashib bormoqda.
Yangi O‘zbekistonning zamonaviy saylov tizimi yaratilishi ko‘p yillik evolyutsion jarayon va har tomonlama siyosiy muloqot mahsulidir.
Mamlakatda sog‘lom partiyalararo raqobat va barcha partiyalarga saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlar yaratilgan hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larini adolatli taqsimlash, ovoz berishning halol va qonuniy bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilgan. Boshqacha aytganda, navbatdagi Prezident saylovi ko‘p partiyaviylik, nomzodlar raqobati, ochiqlik, fikr erkinligi va chinakam tanlov sharoitida o‘tkaziladi, deb ta’kidlash uchun barcha asoslar mavjud.
Konferensiyada pandemiya sharoitida saylov jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish, saylov tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni huquqiy tartibga solishni yanada kengaytirish masalalari ham keng muhokama qilindi.
Xalqaro anjuman yakunida Guliston hujjati qabul qilindi. Unda O‘zbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalar nazarda tutilgan.