O‘zbekistonda prezident sayloviga qancha mablag‘ ajratiladi

© SputnikKak golosovali uzbekistansi v Sankt-Peterburge na parlamentskix viborax
Kak golosovali uzbekistansi v Sankt-Peterburge na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident sayloviga jami 300 mlrd so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd so‘mdan ajratiladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Majlisning kun tartibidan prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlash, MSKning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid masalalar joy olgan.
“2021 yil uchun O‘zbekiston davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga binoan joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasiga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 300 milliard so‘m etib belgilangan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, xarajatlar smetasini shakllantirish va Moliya vazirligi bilan kelishishda prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida mablag‘ talab etiladigan barcha jihatlar hisobga olingan.
Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Saylov kodeksiga o‘zgartirish kiritildi
Saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarni moliyalashtirish uchun ya’ni umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targ‘ibot ishlarini amlaga oshirish xarajatlari uchun – 15 milliard 486 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
“Bunda har bir siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzod uchun 3 milliard 97 million so‘m to‘g‘ri kelmoqda”, - dedi MSKning doimiy asosda ishlovchi a’zosi Adham Ibodullayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar aniq va manzilli sarflanishi qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat idoralari tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu bilan birga, saylov yakunida iqtisod qilingan mablag‘lar davlat budjetiga qaytariladi.
Yangiliklar lentasi
0