https://oz.sputniknews.uz/20210702/ozbekistonda-vkontakte-twitter-i-tiktok-dan-foydalanish-cheklandi-19521430.html
O‘zbekistonda TikTok, "VKontakte" va Twitter'dan foydalanish cheklandi
O‘zbekistonda TikTok, "VKontakte" va Twitter'dan foydalanish cheklandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi. 02.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-02T20:10+0500
2021-07-02T20:10+0500
2021-07-03T00:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ijtimoiy tarmoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/13/15815616_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_5631e3e266fd7480bd0fefaaba6c519a.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. “O‘zkomnazorat” bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi.“O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi”, – deyiladi rasmiy axborotda.Qaysi tarmoqlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.Bugun ertalabdan O‘zbekiston aholisi Twitter, TikTok, Skype va "Vkontakte" platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Facebook Inc Google, Mail.ru, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter va Yandex kompaniyalariga serverlarini mamlakatga ko‘chirishga oid talabnomalar yuborgan edi. Mazkur tartib 16-apreldan o‘rnatilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210126/Hindistonda-TikTok-abadiy-bloklandi-15868660.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/13/15815616_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_52fc2d516400e6a3bf18b3f2f43aa5bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ijtimoiy tarmoq
jamiyat, o‘zbekiston, ijtimoiy tarmoq
O‘zbekistonda TikTok, "VKontakte" va Twitter'dan foydalanish cheklandi
20:10 02.07.2021 (yangilandi: 00:22 03.07.2021) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. “O‘zkomnazorat” bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga qonunga zid ravishda ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi.
“O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021-yil 2-iyuldan “Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritildi va internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Qaysi tarmoqlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Bugun ertalabdan O‘zbekiston aholisi Twitter, TikTok, Skype va "Vkontakte" platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Facebook Inc Google, Mail.ru, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter va Yandex kompaniyalariga serverlarini mamlakatga ko‘chirishga oid talabnomalar
yuborgan edi. Mazkur tartib 16-apreldan o‘rnatilgan.