https://oz.sputniknews.uz/20210126/Hindistonda-TikTok-abadiy-bloklandi-15868660.html
Hindistonda TikTok umrbodga bloklandi
Hindistonda TikTok umrbodga bloklandi
Sputnik O‘zbekiston
Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, ular ichida TikTok tarmog‘idan foydalanishga doimiy taqiq joriy qildi. 26.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-26T14:16+0500
2021-01-26T14:16+0500
2021-01-27T00:51+0500
dunyoda
hindiston
xitoy
internet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/1b/14849497_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_90d07d0da89e2e552595af66cd29a255.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, shu jumladan TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishga rasmiy doimiy taqiq joriy qildi. Bu haqda NDTV o‘z manbasiga asosan xabar qildi.Qarorni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qabul qildi. Bungacha, o‘tgan yilning iyun oyida Hindiston hukumati xitoylik dizayndagi 59 ta dasturdan foydalanishni taqiqlab, ularni mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va milliy xavfsizligiga "ziyon yetkazadigan" deb atadi.Doimiy ravishda taqiqlangan platformalar ro‘yxatiga Alibaba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan WeChat, UC Browser va TikTok kiritildi.Xitoy dasturlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror Ladaxning tog‘li chegara hududida ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlashuv fonida qabul qilindi.Eslatib o‘tamiz, o‘z prezidentligi davrida Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Hujjatda TikTok va WeChat AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi.
https://oz.sputniknews.uz/20201218/Toshkent-okimi-Ortikhzhaev-TikTok-uchun-videoga-tushdi-15629741.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/1b/14849497_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_46061f93818774a82aa0dbf65c9688d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, hindiston, xitoy, internet
dunyoda, hindiston, xitoy, internet
Hindistonda TikTok umrbodga bloklandi
14:16 26.01.2021 (yangilandi: 00:51 27.01.2021) Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, ular ichida TikTok tarmog‘idan foydalanishga doimiy taqiq joriy qildi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, shu jumladan TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishga rasmiy doimiy taqiq joriy qildi. Bu haqda NDTV o‘z manbasiga asosan xabar qildi.
Qarorni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qabul qildi. Bungacha, o‘tgan yilning iyun oyida Hindiston hukumati xitoylik dizayndagi 59 ta dasturdan foydalanishni taqiqlab, ularni mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va milliy xavfsizligiga "ziyon yetkazadigan" deb atadi.
Doimiy ravishda taqiqlangan platformalar ro‘yxatiga Alibaba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan WeChat, UC Browser va TikTok kiritildi.
Xitoy dasturlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror Ladaxning tog‘li chegara hududida ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlashuv fonida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z prezidentligi davrida Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash to‘g‘risida
farmonni imzolagandi. Hujjatda TikTok va WeChat AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi.