https://oz.sputniknews.uz/20210626/abdulaziz-kamilov-tolibon--terrorchi-tashkilot-emas-19425113.html
Abdulaziz Kamilov: Tolibon – terrorchi tashkilot emas
Abdulaziz Kamilov: Tolibon – terrorchi tashkilot emas
Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilovning shaxsiy fikriga ko‘ra, Tolibon* terrorchi tashkilot emas, ular o‘z davlatida xorijiy kuchlar aralashuvisiz yashashni istaydi. 26.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-26T20:28+0500
2021-06-26T20:28+0500
2021-06-26T23:05+0500
siyosat
afg‘oniston
tolibon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_0:0:2923:1645_1920x0_80_0_0_8b944c465e36de6f55d48bcc866e139d.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Tolibon* - terrorchi emas, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh jurnalisti Dennis Holiga bergan intervyusida. Amerikalik jurnalistning “Siz Tolibonni terrorchi tashkilot deb hisoblaysizmi?” degan savoliga Kamilov “yo‘q” deb javob berdi va bu uning shaxsiy nuqtayi nazari ekanini qayd etdi. Ikkinchidan, AQSh Tolibon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borib, shartnoma imzoladi. Hammaga ma’lumki, AQSh siyosatining eng asosiy prinsiplaridan biri - hech qachon terrorchilar bilan muzokara olib bormaslik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muzokaralarida so‘nggi 4-5 yil ichida jiddiy oldinga siljish sodir bo‘lgan. Xususan, tomonlar bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishni boshlagan. Ikkinchidan Afg‘oniston hududida Tolibondan tashqari, boshqa turli guruhlar va kuchlar bor. Ular orasida amaldagi hukumatning yetakchi siyosatchilari, siyosiy partiya rahbarlari, alohida hudud rahbarlari va boshqalar. Tinchlik o‘rnatish jarayonida ularning barchasi ishtirok etishi kerak. Xalqaro hamjamiyat bunda yaqidan yordam berishi kerak. Shuningdek, Kamilov 2021-yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriqlar va imkoniyatlar” xaqlaro anjumani Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun qo‘yilgan yana bir muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. Vazir aytishiga ko‘ra, aksariyat manfaatdor davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu anjumanda ishtirok etishga rozilik bildirishgan. *Tolibon – Rossiya Federatsiyasi hududida terrorchi tashkilot deb tan olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210526/tolibon-afgoniston-qoshnilarini-oz-hududiga-xorijiy-bazalarni-joylashtirmaslikka-chaqirdi-18928265.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_3c0cc62b0b1f0307465249e3977191cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston, tolibon
siyosat, afg‘oniston, tolibon
Abdulaziz Kamilov: Tolibon – terrorchi tashkilot emas
20:28 26.06.2021 (yangilandi: 23:05 26.06.2021) Abdulaziz Kamilovning shaxsiy fikriga ko‘ra, Tolibon* terrorchi tashkilot emas, ular o‘z davlatida xorijiy kuchlar aralashuvisiz yashashni istaydi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Tolibon* - terrorchi emas, dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh jurnalisti Dennis Holiga bergan
intervyusida. Amerikalik jurnalistning “Siz Tolibonni terrorchi tashkilot deb hisoblaysizmi?” degan savoliga Kamilov “yo‘q” deb javob berdi va bu uning shaxsiy nuqtayi nazari ekanini qayd etdi.
Kamilov aytishiga qaraganda, Tolibon* harakati so‘nggi 40-yil ichida, Afg‘oniston hududidan tashqarida, Markaziy Osiyo, Yevropa yoki dunyoning boshqa joyida biror marotaba ham terrorchilik akti uyushtirmagan.
Ikkinchidan, AQSh Tolibon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borib, shartnoma imzoladi. Hammaga ma’lumki, AQSh siyosatining eng asosiy prinsiplaridan biri - hech qachon terrorchilar bilan muzokara olib bormaslik.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muzokaralarida so‘nggi 4-5 yil ichida jiddiy oldinga siljish sodir bo‘lgan. Xususan, tomonlar bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishni boshlagan.
Ikkinchidan Afg‘oniston hududida Tolibondan tashqari, boshqa turli guruhlar va kuchlar bor. Ular orasida amaldagi hukumatning yetakchi siyosatchilari, siyosiy partiya rahbarlari, alohida hudud rahbarlari va boshqalar. Tinchlik o‘rnatish jarayonida ularning barchasi ishtirok etishi kerak. Xalqaro hamjamiyat bunda yaqidan yordam berishi kerak.
Shuningdek, Kamilov 2021-yil iyul oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriqlar va imkoniyatlar” xaqlaro anjumani Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun qo‘yilgan yana bir muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. Vazir aytishiga ko‘ra, aksariyat manfaatdor davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu anjumanda ishtirok etishga rozilik bildirishgan.
*Tolibon – Rossiya Federatsiyasi hududida terrorchi tashkilot deb tan olingan.