https://oz.sputniknews.uz/20210701/toshkent-uchun-elektrobus-xarid-qilishga-ikkita-xalqaro-tashkilot-39-mln-dollar-ajratadi-19490315.html
Toshkent uchun elektrobus xarid qilishga ikkita xalqaro tashkilot 3,9 mln dollar ajratadi
Toshkent uchun elektrobus xarid qilishga ikkita xalqaro tashkilot 3,9 mln dollar ajratadi
Sputnik O‘zbekiston
6 yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga ikki xalqaro donor - BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 mln dollar ajratilishi ko‘zda... 01.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-01T10:38+0500
2021-07-01T10:38+0500
2021-07-01T10:38+0500
iqtisod
toshkent
elektrobus
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1248/61/12486116_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_7ccfe36f868f91ab1c768fbf199ac03c.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida va “Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish” dasturi doirasida Toshkent shahri uchun elektrobuslar xarid qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof — muhit sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu tajriba O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olish to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ygan edi. Hujjat bilan 3-yil ichida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln so‘m atrofida bo‘lishi nazarda tutilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20200307/Poytakhtda-yana-bir-elektrobus-sinovdan-tmoda-13615988.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1248/61/12486116_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a7ba49ea26d24b162d5429defc3740c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, toshkent, elektrobus, transport vazirligi
iqtisod, toshkent, elektrobus, transport vazirligi
Toshkent uchun elektrobus xarid qilishga ikkita xalqaro tashkilot 3,9 mln dollar ajratadi
6 yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga ikki xalqaro donor - BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 mln dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. BMT Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida va “Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish” dasturi doirasida Toshkent shahri uchun elektrobuslar xarid qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof — muhit sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu tajriba O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.
“Loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda "yashil transport yo‘lagini" joriy etish rejalashtirilgan. Olti yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 mln dollar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olish to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasi
qarori loyihasini muhokamaga qo‘ygan edi. Hujjat bilan 3-yil ichida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln so‘m atrofida bo‘lishi nazarda tutilgan edi.