Poytaxtda yana bir elektrobus sinovdan o‘tmoqda

© AO “Toshshahartransxizmat”V Tashkente nachalos testirovanie kitayskogo elektrobusa Yutong.
V Tashkente nachalos testirovanie kitayskogo elektrobusa Yutong. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobus 51-yo‘nalishda o‘zining dastlabki qatnovini boshladi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkent shahrida 7-martdan Xitoyning Yutong kompaniyasining elektrobusi 51-yo‘nalishda o‘zining dastlabki qatnovini boshlaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

ZK6128BEVG  modelidagi mazkur elektrobus 215 k/vat bilan harakatlanadi. Bir marta olingan quvvat bilan 300 kilometrdan ziyod masofani bosib o‘tadi. Elektrobus saloni 5 ta kuzatuv kamerasi hamda monitor bilan jihozlangan. Undan tashqari dvigatel qismiga yong‘inga qarshi avtomat tarzda ishlovchi  uskuna o‘rnatilgan.

Elektrobus nachnet perevozit passajirov uje na sleduyushey nedele - Sputnik O‘zbekiston
Elektrobusning afzalligi nimada

Shuningdek, konditsioner, isitish tizimi bilan ta’minlangan. 12 metr uzunlikdagi mazkur elektrobus o‘rtacha 70 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Ta’kidlanishicha, mazkur elektrobus mamlakat iqlim sharoitida avtobus yo‘nalishlarida bir necha oy davomida sinovdan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvvalroq poytaxtda Belarusdan keltirilgan elektrobus 3 oy davomida yo‘nalishda sinovdan o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0