Qozog‘istonda qator soha xodimlari uchun koronavirusga qarshi emlanish majburiy bo‘ldi

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot koronavirusa v Pekine
Vaksinatsiya ot koronavirusa v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab qator soha xodimlarini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilandi. Mamlakat bosh sanitar vrachi tegishli qarorga imzo chekdi.
2 iyuldan aholiga xizmat ko‘rsatish, savdo-sotiq, tibbiyot, ta’lim sohasidagi xodimlar koronavirusga qarshi emlanishlari shart.
Emlanmagan xodimlar haftada bir marta kovidga PZR test topshiradi. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy test uchun pulni xodimlarning o‘zi yoki ularning ish beruvchilari to‘lashlariga to‘g‘ri kelishini aytgan.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina juda xavfli ekani haqidagi mish-mishlar asossiz – Otabekov
Bu qaror koronavirusga qarshi emlanishda tibbiyot nuqtayi nazaridan uzrli holatlari bo‘lgan kishilar hamda so‘nggi uch oy ichida bu kasallikni boshdan kechirganlarga taalluqli emas.
Vaksinaning birinchi komponentini 2021-yil 15-iyuligacha, ikkinchi komponentini esa 15-avgustigacha olish kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning qator mintaqalarida, jumladan, Moskvada aholining 60 foizini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilangan. Majburiy emlanish savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda go‘zallik saloni, fitnes-klub, teatr, kinoteatr, konsert zallari va boshqa sohalarda ishlovchi xodimlarga taalluqli.
Shpris, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2021
Toshkent shahrida qo‘shimcha emlash punktlari tashkil etildi – ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0