Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina juda xavfli ekani haqidagi mish-mishlar asossiz – Otabekov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov.
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Nurmat Otabekov ayrimlarning vaksinalarni zararli deyishiga hech qanday asosli fikri yo‘qligi va ularning gap-so‘zlari quruq safsatadan boshqa narsa emasligini aytdi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga olib kelinayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar inson organizmi uchun zararli ekani, ayniqsa, Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina juda xavfliligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqalmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabarlarni rad etdi.
Shpris - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Koronavirusga qarshi har 6 oyda emlanish lozim - infeksionist
Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari boshlangach, ijtimoiy tarmoqlar hamda aholi orasida turli asossiz va hech qanday mantiq va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish va yolg‘on xabarlar tarqalishi avj olgan.
Ayniqsa, O‘zbekistondagi emlash tadbirlarida mutlaqo ishtirok etmagan va mamlakatga olib kelingan vaksinalar haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan ayrim vatandoshlarning chet elda turib, xalq orasida vaksinaga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otib, inson organizmiga ta’sirlari haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatmoqda.
“Aslida bunday odamlarning vaksinalarni zararli deyishiga hech qanday asosli fikri yo‘q va ularning gap-so‘zlari quruq safsatadan boshqa narsa emas. Boisi, ular ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish va sinov jarayonlarida, qolaversa, yurtimizdagi emlash tadbirlarida ishtirok etmagan”, - dedi Otabekov.
U O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasining 3 dozasi bilan emlangan fuqaro sifatida mamlakatga olib kelinayotgan barcha vaksinalar qatorida ushbu vositaning ham sifati va samaradorligi mutaxassislar tomonidan to‘liq isbotlanganini bildirdi.
“Qolaversa, sog‘lom fikr bilan o‘ylasak, bugun vaksinadan boshqa ushbu kasallikni yenga oladigan birorta ham samarali vosita ko‘rinmayapti. Ya’ni kasallarni ro‘yxatga olish, bemorlarni shifoxonalarga yotqizish va davolash bilangina bu xastalikni yenga olmaymiz. “COVID-19” infeksiyasini oldini olish uchun esa jamoaviy immunitet kerak. Jamoaviy immunitet faqat ikki yo‘l – ommaviy kasallanish va emlanish bilangina shakllanadi”, - deya ta’kidladi mutaxassis.
Ma’lumki, bugun dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarni “COVID-19”ga qarshi ommaviy emlash uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ayni paytga qadar mamlakatga 7,4 million doza vaksina olib kelindi. 3,5 million nafardan ortiq fuqaro esa kovidga qarshi emlandi.
“Shunday ekan, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasligimiz, aksincha barchamiz davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz lozim. Zero, bu o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun juda muhim”, - deya xulosa qildi Otabekov.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Mirziyoyev administratsiyasi xodimlari COVIDga qarshi emlanganmi - Sherzod Asadov javobi
Yangiliklar lentasi
0