Putin SSSR qayta tiklanishi g‘oyasiga baho berdi

© Sputnik / Polyakov Aleksandr / Mediabankka o‘tishMiting na Kalujskoy ploshadi v Moskve
Miting na Kalujskoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yilda u 18-bor o‘tkazildi. Putinga umumiy hisobda Rossiya aholisidan 1,5 milliondan ziyod murojaatlar kelib tushdi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. SSSRning qayta tiklanishi maqsadga muvofiq emas, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida.
"Qachonlardir Sovet Ittifoqi barham topdi. SSSR yadrosi, Rossiya o‘z iqtisodiy salohiyatining yarmini yo‘qotdi, xuddi shuncha miqdorda aholisi va territoriyasini ham boy berdi. SSSRni qayta tiklashdan ma’no yo‘q", - dedi Putin o‘z chiqishining yakunida.
Vernutsya v tot Tashkent: fragmenti sovetskix kinojurnalov - video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
SSSR: Toshkent o‘tgan asrning 70-80 yillarida qanday bo‘lgan – video
Prezident shuningdek, Rossiya hanuzga qadar dunyodagi eng yirik davlat maqomida qolayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 1991-yilning dekabrida RSFSR, Ukraina va Belarus SSR rahbarlari Belovej bitimini imzolashdi.
Hujjat ratifikatsiya qilingach, SSSR rasman barham topdi, mamlakat rahbari Sergey Gorbachev esa ixtiyoriy ravishda o‘zidan vakolatlarni sokit qildi.
Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot formati 2001-yilda tashkil etilgan.
Eks-prezident SSSR Mixail Gorbachev pered nachalom voyennogo parada, posvashonnogo 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2020
Gorbachov o‘z xatolarini qanday baholaydi
Tadbir an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinadi.
Joriy yilda u 18-bor o‘tkazildi. Putinga umumiy hisobda Rossiya aholisidan 1,5 milliondan ziyod murojaatlar kelib tushdi.
Eng uzoq davom etgan Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot 2010-yilda bo‘lgan. O‘shanda prezident aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda 4 soatu 25 daqiqa muloqot qilgan va 88ta savolga javob bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0