Shimoliy Koreya yetakchisi juda oriqlab ketdi - video

© REUTERS / KCNAPredsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In
Predsedatel Trudovoy partii Korei Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Jahon OAVlari Shimoliy Koreya lideri Kim Chen Inning juda oriqlab ketganini muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Jahon OAVlari Shimoliy Koreya lideri Kim Chen Inning juda oriqlab ketganini muhokama qilmoqda.
Shimoliy Koreya instituti instituti markazi Sechjon Chon Son Chjan fikriga ko‘ra, KXDR davlat OAVlari tomonidan mamlakat lideri Kim Chen In sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari haqidagi shov-shuvlarni istisno qilish, murakkab davrda xalq manfaati yo‘lida qattiq mehnat qilayotganini namoyish qilish maqsadida uning ozib ketganiga e’tibor qaratilgan.
Biroq, Janubiy Koreyaning razvedka xizmatiga ko‘ra, Kim Chen Inning salomatligi yaxshi.
Janubiy Koreya "Choson Ilbo" gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In bo‘yi 170 santimetr, og‘irligi taxminan 140 kilogramm bo‘lgan, bu esa 30-40 yoshli kishilar uchun belgilangan meyordan ortiq hisoblanadi va ba’zi kasalliklar haqida dalolat berishi mumkin.
Yaqinda Kim Chen In yaqinlari undan ozishni va dam olishni iltimos qilishgandi. Davlat yetakchisi “fuqarolar uchun hech narsa qilmagan”ligi sababli dastlab bu iltimosni rad etadi, ammo keyinchalik bunga rozi bo‘lib, bir oy davomida poytaxtdan tashqarida davolandi. Taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi 10 kilogrammdan ko‘proq vazn yo‘qotdi.
Qiyin kunlar
Kim Chen Inning o‘zi bir necha bor Shimoliy Koreya og‘ir kunlarni boshidan kechirayotganini tan oldi. KXDR partiya VIII syezdida mamlakatdagi vaziyatni "tarixdagi eng qiyin davr" sifatida baholadi.
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2020
“Barchasi bo‘shatilsin”: Shimoliy Koreya yetakchisi gospital qurayotgan rahbarlarni tanqid qildi
Buyuk Britaniyaning Independent nashri ayrim tahlilchilarning fikrini keltiradi: Shimoliy Koreya oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan.
Partiyaning Markaziy qo‘mitasi plenumida, Kim Chen In to‘fonlar tufayli mamlakat qishloq xo‘jaligiga katta talofat yetkazildi, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligiga duch kelgani haqida bayonot bergandi. Koronavirus kirib kelmasligi uchun mamlakat chegaralari to‘liq yopilgan. Pandemiya sababli Xitoy va KXDR o‘rtasida savdo 80%ga kamaydi.
CNN telekanali xabariga ko‘ra, Pxenyanda shakar, un, yog‘ kabi ba’zi asosiy mahsulotlar narxi juda ko‘tarilgan. Qora choyning kichik qadog‘i 70 dollarga yetishi mumkin, kofe - 100 dollardan oshadi.
Yangiliklar lentasi
0