TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda yangi shahar kasalxonasi qurilishi uchun bosh shtab faoliyatini keskin tanqid qildi va barcha aybdor amaldorlarni ishdan bo‘shatishni talab qildi, deb xabar qildi Koreyaning Markaziy telegraf agentligi (STAK).
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In ushbu shifoxonaning qurilishini nazorat qildi va "quruvchilarning mehnatini yuqori baholadi", ammo "qurilish bilan bog‘liq iqtisodiy va tashkiliy ishlarda aniqlangan kamchiliklar" yuzasidan keskin e’tirozlar bildirdi.
Shimoliy Koreya rahbari "doimiy qurilish shtabini hanuzgacha qurilish budjetini to‘g‘ri tuzmaganligi va tasodifiy iqtisodiy va tashkiliy ishlarni pala partish amalga oshirayotgani uchun qattiq tanqid qildi".
KXDR yetakchisi partiyaning Markaziy qo‘mitasining tegishli bo‘limlariga "Pxenyan shahar kasalxonasining doimiy qurilish shtabi ishi bilan yaqindan tanishishni va keyin barcha aybdor ishchilarni almashtirish" haqida topshiriq berdi.
Shu yil mart oyida Kim Chen In ushbu yirik kasalxona qurilishi boshlash marosimida ishtirok etdi. Gospital partiyaning 75-yilligiga bag‘ishlangan kunda - 10-oktabrda yakunlanishi kerak.