Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan qo‘ng‘iroqlashdi: yetakchilar qaysi masalalarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Prezidentlar joriy yilda Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini tashkil etishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Mirziyoyev suhbat avvalida Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Kamilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Yetakchilar joriy yilda Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini tashkil etish masalalariga alohida to‘xtaldi. Bo‘lajak ko‘p tomonlama tadbir dasturini puxta tayyorlashga kelishib olindi.
Mirziyoyev va Berdimuhamedov xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashib, Afg‘onistondagi, jumladan, ushbu mamlakat shimoliy chegaraoldi hududlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0