https://oz.sputniknews.uz/20210526/kamilov-turkmaniston-prezidenti-bilan-uchrashdi-18927487.html
Kamilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
Kamilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan bordi. 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T18:40+0500
2021-05-26T18:40+0500
2021-05-26T18:49+0500
siyosat
abdulaziz kamilov
turkmaniston
gurbanguli berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_0:0:2923:1645_1920x0_80_0_0_8b944c465e36de6f55d48bcc866e139d.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.Ta’kidlanishicha, uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan.Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlangan.Bundan tashqari, Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan ham uchrashdi.Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarininig bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari, hudulararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20210512/xitoy--markaziy-osiyo-tiv-rahbarlari-dolzarb-masalalarni-muhokama-qildi-18701828.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/17/15461564_68:0:2799:2048_1920x0_80_0_0_3c0cc62b0b1f0307465249e3977191cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, abdulaziz kamilov, turkmaniston, gurbanguli berdimuhamedov
siyosat, abdulaziz kamilov, turkmaniston, gurbanguli berdimuhamedov
Kamilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
18:40 26.05.2021 (yangilandi: 18:49 26.05.2021) O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan bordi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan
ham uchrashdi.Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarininig bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari, hudulararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.