Senat davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz
17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2021
Obuna bo‘lish
Yangi tahrirdagi qonunda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati kabi yangi normalar mavjud.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Senatorlar Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunni ma’qullashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tahrirdagi qonun O‘zbekiston prezidentining "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmoni hamda Senat Kengashining "Davlat tili haqida"gi O‘zbekiston qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida"gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
Yangi tahrirdagi qonunda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, O‘zbekistonning davlat tili, O‘zbekistonda boshqa tillarning maqomi, til bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik, davlat tilini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha vakolatlari, davlat organlari va tashkilotlarining davlat tilini rivojlantirish sohasidagi vakolatlari, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati kabi yangi normalar mavjud.
Shuningdek, qonunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanilishi, ish yuritish tili, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda davlat tilining qo‘llanilishi, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning loyihalarida foydalaniladigan til, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til, sud ishlarida yuritiladigan til, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, fuqaroning shaxsini va huquqlarini tasdiqlashda qo‘llaniladigan til masalalari ham batafsil belgilangan.
Perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi
Yangiliklar lentasi
0