https://oz.sputniknews.uz/20210511/ozbekistondagi-ozga-tilli-sinflarda-ozbek-tili-chet-tili-kabi-orgatiladi-18680003.html
O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi
O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda. 11.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-11T18:55+0500
2021-05-11T18:55+0500
2021-05-11T18:55+0500
jamiyat
maktab
ta’lim
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1235/64/12356466_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_15099d3fcf14ff57c067c7f8ef1429ad.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistondagi maktablarda ta’lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili — o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi.Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, milliy o‘quv dasturi asosida o‘zga millat vakillari uchun 2-sinf o‘zbek tili darsligi yaratildi. Ushbu darslik 2021/2022-o‘quv yilida amaliyotga joriy etiladi. O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.Bunda:Nutqiy kompetensiyalar:Leksik kompetensiyalar:Qayd etilishicha, ayni paytda yaratilgan darslikda o‘z davri uchun muhim bo‘lgan yana bir qancha qulayliklar mavjud. Xususan, o‘quv darsligi asosida o‘qituvchi kitobi va o‘quvchi mashq daftari joriy etildi. Ilgari ikkinchi til kitoblaridagi lug‘at-tarjimalar, odatda, ikki tilda havola qilingan bo‘lsa, endilikda ular keng auditoriyani hisobga olib qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, rus va ingliz tillariga ham tarjima qilingan. O‘quvchining psixologik, yosh xususiyatlari ham hisobga olinib, rasmlar 70 foiz, matnlar 30 foiz o‘rin egallagan. Fanlararo integratsiya (STEAM) to‘la ta’minlangan. Ular ham o‘quvchida til o‘rganish ko‘nikmasini faollashtiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1235/64/12356466_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_5499a567fe2737db4d3eac916038be2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, ta’lim, o‘zbek tili
jamiyat, maktab, ta’lim, o‘zbek tili
O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi
O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistondagi maktablarda ta’lim tili o‘zga tilda bo‘lgan sinflarda davlat tili — o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi.
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, milliy o‘quv dasturi asosida o‘zga millat vakillari uchun 2-sinf o‘zbek tili darsligi yaratildi. Ushbu darslik 2021/2022-o‘quv yilida amaliyotga joriy etiladi.
O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitish ko‘zda tutilgan yangi darsliklar til o‘rgatishning xalqaro standartlari asosida yaratilmoqda.
aktiv — gapirish, yozish;
passiv — o‘qib tushunish, tinglab tushunish.
leksika — A1, A2, B1, B2 ko‘rinishida sinflar kesimida taqsimlangan.
Qayd etilishicha, ayni paytda yaratilgan darslikda o‘z davri uchun muhim bo‘lgan yana bir qancha qulayliklar mavjud. Xususan, o‘quv darsligi asosida o‘qituvchi kitobi va o‘quvchi mashq daftari joriy etildi. Ilgari ikkinchi til kitoblaridagi lug‘at-tarjimalar, odatda, ikki tilda havola qilingan bo‘lsa, endilikda ular keng auditoriyani hisobga olib qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, rus va ingliz tillariga ham tarjima qilingan.
O‘quvchining psixologik, yosh xususiyatlari ham hisobga olinib, rasmlar 70 foiz, matnlar 30 foiz o‘rin egallagan. Fanlararo integratsiya (STEAM) to‘la ta’minlangan. Ular ham o‘quvchida til o‘rganish ko‘nikmasini faollashtiradi.