“Tolibon”* Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAvtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon”* aks holda “barcha mashaqqat va qiyinchiliklar uchun javobgarlik bunday xatolarni sodir etganlarning zimmasiga yuklatilishini” ta’kidlagan.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni o‘z hududiga chet el bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi.
Toliblar OAVda AQShning Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy bazalarini joylashtirish haqidagi rejalari haqidagi ko‘plab xabarlar tarqalishi ortidan shunday bayonot berdi.
Bayonot matni RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan.
“Biz o‘z yerimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z yerlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi afg‘on radikallari bayonotida.
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
AQSh Afg‘onistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirishga umid qilmoqda
Shuningdek, “Tolibon”* aks holda “barcha mashaqqat va qiyinchiliklar uchun javobgarlik bunday xatolarni sodir etganlarning zimmasiga yuklatilishini” ta’kidlagan va qo‘shni davlatlarni chet el kuchlarini joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy chorlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika nashri “Wall Street Journal” AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini chiqargach, ularni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishi mumkinligi, ammo ayni vaqtda kelishuvlar yo‘qligi haqida xabar qilgan edi. Vashington 11-sentabrgacha Afg‘onistondan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishi haqida ma’lum qilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0