Qo‘qon Turkiy Kengash davlatlarining ilk Turizm poytaxti deb e’lon qilindi

Kokand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm mutassaddilari Qo‘qon shahrini turkiy tilli davlatlarning "Turizm poytaxti" sifatida tasdiqlashdi.
TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Qo‘qonda b0o‘lib o‘tayotgan turkiy tilli davlatlarning turizm vazirlari kengashida Qo‘qon Turkiy Kengash davlatlarining ilk Turizm poytaxti deb e’lon qilindi.
Majlisda, Turkiy Kengash raisi Bagdad Amreyev Qo‘qon hokimi Ma’ruf Usmonovga Qo‘qon turlik tilli davlatlarning turizm poytaxti bo‘lganligini tasdiqlovchi ramziy kalitni topshirdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVstrecha ministrov turizma turkoyazichnix stran v Kokande
Vstrecha ministrov turizma turkoyazichnix stran v Kokande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Vstrecha ministrov turizma turkoyazichnix stran v Kokande
Biroz oldin O‘zbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Qo‘qon shahrini turkiy tilli davlatlarning ilk turizm poytaxti deb taklif qilgan edi.
"O‘zbekiston, Turkiy Kengash tomonidan taklif qilingan “Turizm poytaxti” tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda, <...> Qo‘qon shahri nomzodini ilgari suradi va sizdan mazkur shaharni Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qo‘llab quvvatlashingizni so‘rab qolamiz", - deyilgan vazir nutqida
Shu o‘rinda Abduhakimov, hozirda mashhur turizm maskanlarni emas, balki sayyohlik potensiali yuqori bo‘lgan shaharlarni rivojlantirish lozimligini ta’kidladi va Qo‘qon shahri Buyuk Ipak yo‘li va Turkiy dunyo rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shganini qayd etdi. Xususan, vazir nutqida quyidagilar keltirilgan:
1.
Qo‘qon - ikki ming yillik shonli tarixga ega bu shahar Turkiy dunyoning madaniyat,san’at, ilm-fan, adabiyot, din, savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlaridan biri sanaladi.
2.
Qo‘qon hududida turkiy halqlarning urug‘ va qabilalari, jumladan, mang‘it, qalmoq, uyg‘ur, qoraqalpoq, qipchoqlar va boshqalar birga va hamjixatlikda hayot kechirishgan.
3.
Qo‘qon shahri ilm-ma’rifatning o‘chog‘i, 20-asr boshlarida turkiy tilda so‘zlashuvchi millatlarni birlashtirish yo‘lida tuzilgan “Turkiston muxtoriyati”ning siyosiy markazi hamda jadidlar harakati yetakchilari faoliyat olib borgan maskan hisoblanadi.
4.
Shahar o‘z davrida(18-19 asrlarda) adabiy markaz bo‘lib, bu yerda 200 nafardan ortiq shoir va shoiralar, jumladan, Gulxaniy, Maxmur, G‘oziy, Muqimiy, Furqat hamda Anbar Otin, Ziynat, Nodira, Uvaysiy kabi ulug‘ ijodkorlar faoliyat olib borgan. Ularning asarlari asosan turkiy tilda yaratilib, o‘z zamonida turkiy xalqlar ulardan bahramand bo‘lgan.
Dvores Xudoyar xana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Qo‘qon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Ma’lumot uchun, Qo‘qonda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm sohasi vazirlari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0