https://oz.sputniknews.uz/20210624/qoqon---turkiy-dunyo-turistik-poytaxti-maqomini-olishi-mumkin---tafsilotlar-19384961.html
Qo‘qon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Qo‘qon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Har bir mamlakat Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvga o‘z takliflari bilan kelgan va juda muhim qaror qabul qilinadi, deydi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport... 24.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-24T05:50+0500
2021-06-24T05:50+0500
2021-06-24T06:05+0500
turizm
turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/497/23/4972306_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_cfd48558e98ac7d91ff1a9d78d84f75f.jpg
TOShKENT, 24-iyun - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kuni kecha, 23-iyun kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Turkiy kengash turizm bo‘yicha vazirlarining majlisi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon delegatsiyalari ishtirok etmoqda va ular bugun, 24-iyun kuni o‘tkaziladigan vazirlar uchrashuvi reglamenti va turizmni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.Shuningdek, Turkiy kengashga a’zo mamlaktalar delegatsiyalari va OAV vakillariga Farg‘ona vodiysi turistik salohiyati namoyish etildi.Jumladan, delegatsiya a’zolari Marg‘ilon shahri bo‘lishdi. Shaharda davlat-xususiy sheriklik asosida usta Ibrohim Sultonov tashabbusi bilan qurilgan Hunarmandlar markazida bo‘lib, butun dunyoga mashhur "Ismoiljon gilamlari" mahsulotlari bilan tanishdilar.Binoning yuqori qavatida gilam sexi joylashgan. Bu yerda barcha mahsulotlar to‘liq qo‘l mehnati yordamida, 100 foiz toza ipakdan to‘qiladi.So‘ngra delegatsiya a’zolari Rishton tumaniga yo‘l olib, u yerdagi Xalqaro kulolchilik markazi, jumladan kulollarning ishi bilan tanishishdi.Turning birinchi kunini viloyatning Uchko‘prik tumaniga qilingan tashrif yakunlab berdi. "Mehrigiyo" xususiy korxonasida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash, klasterlar bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilgan.OAV vakillari ushbu korxonaga qarashli 5 gektar maydonda joylashgan lavanda dalasida bo‘lishdi, ushbu o‘simlikning foydali xususiyatlari va afzalliklari korxona xodimlari tomonidan tushuntirildi.Juda muhim qaror qabul qilinadiBugungi uchrashuv kun tartibidan Kengashga a’zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, "Tabarruk ziyorat" loyihasini amalga oshirish, Qo‘qon shahrini "Zamonaviy ipak yo‘li" dasturiga kiritish hamda a’zo davlatlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro aviareyslarni tiklash masalalari o‘rin olgan. Har bir mamlakat muhim uchrashuvga o‘z takliflari bilan kelgan.Bosh vazir o‘rinbosari Turkiy tilli davlatlar turizm poytaxti sifatida Qo‘qon shahri taklif etilganini ta’kidlab, ushbu qaror bugun turkiy kengash a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi.Abduhakimov, shuningdek, ushbu yig‘ilishdan keyin O‘zbekistonga sayyohlar oqimi sezilarli ko‘payish kerak, deya umid bildirdi. Buning uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini ko‘paytirish lozim, deya qo‘shimcha qildi u.Nufuzli tadbir nega Qo‘qonda o‘tkazilmoqda?Turkiy Kengash uchrashuvlarini Qo‘qon shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Ko‘hna va navqiron shahar Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, jahon hunarmandlari shahri maqomiga ega. Bu yerda turizm ham tez rivojlanmoqda. Qo‘qon Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biri bo‘lib, u qadimdan ilm-fan, madaniyat hamda hunarmandchilik markazi hisoblangan. XVIII asrdan boshlab Qo‘qon vodiyning siyosiy, iqtisodiy, adabiyot va madaniyat markaziga aylandi. Qo‘qonda yaratilgan adabiy meros o‘zbek xalqining noyob durdonasiga aylangan. Mashrab, Huvaydo, Mahzun, Amiriy, Nodira, Uvaysiy va yana 200 dan ziyod o‘zbek mumtoz adiblari shu muhitning mahsulidir. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ham Qo‘qon adabiy muhiti negizida shakllangan. Bu davrdagi ta’lim tizimi ham havas qilsa arzigulik edi. XIX oxiriga kelib birgina Qo‘qonning o‘zida 620 ta mahallada masjid, 240 ta boshlang‘ich maktab, 52 ta madrasa, 23 ta qorixona mavjud edi.Professor X.N.Bobobekovning "Qo‘qon 2000" nomli kitobida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1878-yilda Qo‘qon shahrining savodxonlik salohiyati 53 foizni ko‘rsatgan va bu ko‘rsatkich o‘z davrida dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblangan. Bundan tashqari, Qo‘qon "shoirlar shahri" deb ham atalgan. XVIII asrning birinchi yarmida Qo‘qon shahridagi har bir mahallada kamida 3 nafardan, jami 720 dan ortiq shoir yashab ijod qilgan va ular o‘z davrida shaharni "nazm markazi"ga aylanishiga hissa qo‘shgan.O‘zbek milliy hunarmandchilik namunalari va amaliy san’ati ustalari ham aynan Qo‘qon atrofida birlashdi, gurkirab yashnadi va eng muhimi, shu kunlarga qadar saqlanib qoldi. Xususan, yog‘och o‘ymakorlik, kulolchilik, kandakorlik, me’morchilik, ipakchilik, chitgarlik va boshqa o‘nlab hunar turlari Qo‘qon xonligi davrida o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga chiqdi. Ularning mahsulotlari dunyoning 10 ga yaqin davlatiga olib chiqib sotilar edi. Shu bois ham Qo‘qon nufuzli tadbirga mezbonlik qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20191004/onda-ar-ikki-yilda-bir-marta-Khalaro-unarmandchilik-festivali-tkaziladi-12551174.html
https://oz.sputniknews.uz/20210327/rishtonlik-oteler-said-ahmedov-pandemiya-yangi-imkoniyatlarni-taqdim-etdi-17988833.html
https://oz.sputniknews.uz/20190914/unarmandlar-festivali-uchun-on-tanlangani-bezhiz-emas--Shavkat-Mirziev--12423055.html
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/497/23/4972306_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_5e5963df742a3aba41f23871c0af3f46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, farg‘ona viloyati
turizm, turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, farg‘ona viloyati
Qo‘qon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
05:50 24.06.2021 (yangilandi: 06:05 24.06.2021) Har bir mamlakat Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvga o‘z takliflari bilan kelgan va juda muhim qaror qabul qilinadi, deydi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.
TOShKENT, 24-iyun - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kuni kecha, 23-iyun kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Turkiy kengash turizm bo‘yicha vazirlarining majlisi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon delegatsiyalari ishtirok etmoqda va ular bugun, 24-iyun kuni o‘tkaziladigan vazirlar uchrashuvi reglamenti va turizmni rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.
Shuningdek, Turkiy kengashga a’zo mamlaktalar delegatsiyalari va OAV vakillariga Farg‘ona vodiysi turistik salohiyati namoyish etildi.
Jumladan, delegatsiya a’zolari Marg‘ilon shahri bo‘lishdi. Shaharda davlat-xususiy sheriklik asosida usta Ibrohim Sultonov tashabbusi bilan qurilgan Hunarmandlar markazida bo‘lib, butun dunyoga mashhur "Ismoiljon gilamlari" mahsulotlari bilan tanishdilar.
Binoning yuqori qavatida gilam sexi joylashgan. Bu yerda barcha mahsulotlar to‘liq qo‘l mehnati yordamida, 100 foiz toza ipakdan to‘qiladi.
So‘ngra delegatsiya a’zolari Rishton tumaniga yo‘l olib, u yerdagi Xalqaro kulolchilik markazi, jumladan kulollarning ishi bilan tanishishdi.
Turning birinchi kunini viloyatning Uchko‘prik tumaniga qilingan tashrif yakunlab berdi. "Mehrigiyo" xususiy korxonasida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash va birlamchi qayta ishlash, klasterlar bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilgan.
OAV vakillari ushbu korxonaga qarashli 5 gektar maydonda joylashgan lavanda dalasida bo‘lishdi, ushbu o‘simlikning foydali xususiyatlari va afzalliklari korxona xodimlari tomonidan tushuntirildi.
Juda muhim qaror qabul qilinadi
Bugungi uchrashuv kun tartibidan Kengashga a’zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, "Tabarruk ziyorat" loyihasini amalga oshirish, Qo‘qon shahrini "Zamonaviy ipak yo‘li" dasturiga kiritish hamda a’zo davlatlarning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro aviareyslarni tiklash masalalari o‘rin olgan.
Har bir mamlakat muhim uchrashuvga o‘z takliflari bilan kelgan.
"Turkiy kengash doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda o‘ta muhim qaror qabul qilmoqchimiz, har yili turkiy tilli davlatlardagi unchalik mashhur bo‘lmagan ammo salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlardan birini turistik poytaxt sifatida e’lon qilib bormoqchimiz", - dedi tadbir doirasida jurnalistlarga Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.
Bosh vazir o‘rinbosari Turkiy tilli davlatlar turizm poytaxti sifatida Qo‘qon shahri taklif etilganini ta’kidlab, ushbu qaror bugun turkiy kengash a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi.
Abduhakimov, shuningdek, ushbu yig‘ilishdan keyin O‘zbekistonga sayyohlar oqimi sezilarli ko‘payish kerak, deya umid bildirdi. Buning uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini ko‘paytirish lozim, deya qo‘shimcha qildi u.
Nufuzli tadbir nega Qo‘qonda o‘tkazilmoqda?
Turkiy Kengash uchrashuvlarini Qo‘qon shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Ko‘hna va navqiron shahar Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, jahon hunarmandlari shahri maqomiga ega. Bu yerda turizm ham tez rivojlanmoqda.
Qo‘qon Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biri bo‘lib, u qadimdan ilm-fan, madaniyat hamda hunarmandchilik markazi hisoblangan. XVIII asrdan boshlab Qo‘qon vodiyning siyosiy, iqtisodiy, adabiyot va madaniyat markaziga aylandi. Qo‘qonda yaratilgan adabiy meros o‘zbek xalqining noyob durdonasiga aylangan. Mashrab, Huvaydo, Mahzun, Amiriy, Nodira, Uvaysiy va yana 200 dan ziyod o‘zbek mumtoz adiblari shu muhitning mahsulidir. Hozirgi o‘zbek adabiy tili ham Qo‘qon adabiy muhiti negizida shakllangan. Bu davrdagi ta’lim tizimi ham havas qilsa arzigulik edi. XIX oxiriga kelib birgina Qo‘qonning o‘zida 620 ta mahallada masjid, 240 ta boshlang‘ich maktab, 52 ta madrasa, 23 ta qorixona mavjud edi.
Professor X.N.Bobobekovning "Qo‘qon 2000" nomli kitobida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1878-yilda Qo‘qon shahrining savodxonlik salohiyati 53 foizni ko‘rsatgan va bu ko‘rsatkich o‘z davrida dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblangan. Bundan tashqari, Qo‘qon "shoirlar shahri" deb ham atalgan. XVIII asrning birinchi yarmida Qo‘qon shahridagi har bir mahallada kamida 3 nafardan, jami 720 dan ortiq shoir yashab ijod qilgan va ular o‘z davrida shaharni "nazm markazi"ga aylanishiga hissa qo‘shgan.
O‘zbek milliy hunarmandchilik namunalari va amaliy san’ati ustalari ham aynan Qo‘qon atrofida birlashdi, gurkirab yashnadi va eng muhimi, shu kunlarga qadar saqlanib qoldi. Xususan, yog‘och o‘ymakorlik, kulolchilik, kandakorlik, me’morchilik, ipakchilik, chitgarlik va boshqa o‘nlab hunar turlari Qo‘qon xonligi davrida o‘z taraqqiyot cho‘qqisiga chiqdi. Ularning mahsulotlari dunyoning 10 ga yaqin davlatiga olib chiqib sotilar edi.
Shu bois ham Qo‘qon nufuzli tadbirga mezbonlik qilmoqda.