Qishloq xo‘jaligi vazirligi: yaqin kunlarda sabzi narxi tushishi kutilmoqda

Obuna bo‘lish
Deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yig‘im-terim ishlari boshlandi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston viloyatlarida erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli to‘liq yetilishi deyarli bir oyga kechikkan ertaki sabzi hosilining yig‘im-terim ishlari boshlandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ommaviy terim ishlari iyul oyining dastlabki kunlariga belgilangan. Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, 2021-yilda umumiy hisobda 124,4 ming ga maydonda (o‘tgan yildagiga nisbatan 18,2 ming ga ko‘prok) sabzi ekish rejalashtirilgan, hammasi bo‘lib 2,3 mln tonna sabzi hosili olish mo‘ljallanmoqda.
Selskoxozaystvennaya yarmarka v Yalte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2021
Nega sabzining narxi keskin oshib ketdi? vazirlik sababini ma’lum qildi
Mamlakat aholisining sabziga bo‘lgan 1-yillik ehtiyoji 800 ming tonnani tashkil etadi. Yetishirilgansabzi hosilining qolgan hajmi eksportva qayta ishlashgayo‘naltiriladi. Qish-bahor mavsumida aholi iste’molini ta’minlash maqsadida 400 ming tonnadanziyod sabzi zaxira qilinadi.
Sabzi respublikaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatgaolgan holda Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari tumanlarida ekiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi kunlarda bozorlarda sabzining kilosi 11 ming so‘mga chiqib ketgan edi.
Yangiliklar lentasi
0