https://oz.sputniknews.uz/20210619/nega-sabzining-narxi-keskin-oshib-ketdi-vazirlik-sababini-malum-qildi-19314990.html
Nega sabzining narxi keskin oshib ketdi? vazirlik sababini ma’lum qildi
Nega sabzining narxi keskin oshib ketdi? vazirlik sababini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzining narxi keskin oshib ketish sababini ma’lum qildi. 19.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-19T16:33+0500
2021-06-19T16:33+0500
2021-06-19T16:43+0500
jamiyat
o‘zbekiston
meva-sabzavot
dehqon bozorlari
narx-navo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/13/19314958_0:191:2963:1857_1920x0_80_0_0_24de357b021e8dfc262cee88f5e2b3aa.jpg
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Bugun Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navosi o‘sayotgani bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ma’lumot berdi.Joriy yil aprel-may oylarida sabzining bozorlardagi o‘rtacha narxi 2000-2500 so‘mni tashkil etgandi. Ammo hozirgi payta sabzining narxi keskin oshishi kuzatilmoqda.Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning fevral-mart oylarida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlarida 15,2 ming gektar, aholi tomorqa maydonlarida 18,4 ming gektar sabzi ekinlari ekilgan. Joriy yil fevral va aprel oylarida ob-havoning keskin sovib ketishi kuzatildi. Aynan shu sababli ertaki muddatda ekilgan sabzining pishishi 20-25 kunga uzayishi qayd etildi.“Shu munosabat bilan sabzining mavsumiy to‘liq yetilish va yig‘ishtirib olish muddati iyun oyining oxiriga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda vazirlik tegishli mutasaddi idoralar bilan birgalikda mahsulotni qisqa muddatda daladan yig‘ishtirib olish hamda Toshkent shahar va viloyatlardagi markaziy dehqon bozorlariga o‘z muddatida yetkazib berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqdi”, - dedi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili.Ayni paytda fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan g‘alladan bo‘shagan 40,5 ming gektar maydonlarda sabzi ekin rejalashtirilgan.Eslatib o‘tamiz, shu haftada bozorlarda sabzining kilosi 11 ming so‘mdan sotilgani haqida xabar berilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210618/gosht-yog-sabzi-qanchadan-sotilyapti-bozordagi-narxlar-19305821.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/13/19314958_115:0:2846:2048_1920x0_80_0_0_c7227aa1a0778906a5cff4fc107265e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, meva-sabzavot, dehqon bozorlari, narx-navo
jamiyat, o‘zbekiston, meva-sabzavot, dehqon bozorlari, narx-navo
Nega sabzining narxi keskin oshib ketdi? vazirlik sababini ma’lum qildi
16:33 19.06.2021 (yangilandi: 16:43 19.06.2021) Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzining narxi keskin oshib ketish sababini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Bugun Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navosi o‘sayotgani bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ma’lumot berdi.
Joriy yil aprel-may oylarida sabzining bozorlardagi o‘rtacha narxi 2000-2500 so‘mni tashkil etgandi. Ammo hozirgi payta sabzining narxi keskin oshishi kuzatilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning fevral-mart oylarida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlarida 15,2 ming gektar, aholi tomorqa maydonlarida 18,4 ming gektar sabzi ekinlari ekilgan. Joriy yil fevral va aprel oylarida ob-havoning keskin sovib ketishi kuzatildi. Aynan shu sababli ertaki muddatda ekilgan sabzining pishishi 20-25 kunga uzayishi qayd etildi.
“Shu munosabat bilan sabzining mavsumiy to‘liq yetilish va yig‘ishtirib olish muddati iyun oyining oxiriga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda vazirlik tegishli mutasaddi idoralar bilan birgalikda mahsulotni qisqa muddatda daladan yig‘ishtirib olish hamda Toshkent shahar va viloyatlardagi markaziy dehqon bozorlariga o‘z muddatida yetkazib berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqdi”, - dedi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili.
Ayni paytda fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan g‘alladan bo‘shagan 40,5 ming gektar maydonlarda sabzi ekin rejalashtirilgan.
Dehqonlarimiz tomonidan to‘qsonbosti usulida sabzi ekinlarini tizimi yaratilgan. Bu usulda foydasi erta bahorda arzon va mo‘l sabzavotlar yetishtirish imkonini yaratish barobarida kundalik oziq ovqat mahsulotlari tanqis bo‘lgan paytda vitaminli mahsulotlar bilan ichki bozor ehtiyojini qoplaydi, eksport imkoniyatlarini kengaytirib, dehqonlarni boy qiladi, - dedi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada bozorlarda sabzining kilosi 11 ming so‘mdan sotilgani haqida xabar berilgandi.