Toshkent metrocining “Olmazor” bekatida yo‘lovchilar tushirib yuborildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya "Vtoraya" (vremennoe nazvanie)
Stansiya Vtoraya (vremennoe nazvanie) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
Chilonzor yo‘nalishi "Olmazor" bekatidan "Bekat-1" tomon harakatni boshlagan poyezd mashinisti nosozlikni aniqlangan
TOShKENT, 21 iyun — Sputnik. 20 iyun kuni Toshkent metropoliteni "Olmazor" bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi. Metropoliten matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:10 da Chilonzor yo‘nalishi "Olmazor" bekatidan "Bekat-1" tomon harakatni boshlagan poyezd mashinisti nosozlikni aniqlangan.
“Yo‘lovchilarni hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar "Olmazor" bekatida tushirilgan. Nosozlikni aniqlash maqsadida harakat tarkibidagi poyezd elektrodepoga jo‘natilgan”, - deyilgan xabarda.
Metropoliten keltirilgan nosozliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Passajiri v poyezde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Metroda avariya ro‘y berganda yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplab berish taklif qilindi
Yangiliklar lentasi
0